Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida ikkita yo‘lovchi avtobusi ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Voqea 14-dekabr kuni soat 11:00 larda Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2000-yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi Mercedes-Benz va 1972-yilda tug‘ilgan T.S. boshqaruvidagi MAN A22 yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari bir-biriga urilgan.
Oqibatda ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)