Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning ayrim hududlaridagi AYOQSHlarda Ai-80 benzinning chakana narxlari o‘rtacha 6 800 so‘mdan 7 100 so‘mgacha oshgani kuzatilmoqda. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bu borada ogohlantirish bilan chiqdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qo‘mita ma’lumotida keltirilishicha, 5-dekabr kuni birja savdolari natijasiga ko‘ra Ai-80 benzin mahsulotining narxi 1 tn uchun o‘rtacha 8 mln so‘mni tashkil etib, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan noyabr oyiga nisbatan 4 foizga oshgan. Bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan xarid qilingan benzin o‘rtacha 5-10 kundan keyin yuklab jo‘natiladi va sotuvga chiqariladi. Ya’ni, birja savdolarida kuzatilgan narx o‘sishi 10 kundan keyin AYOQSHlardagi chakana narxlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan avtomobil benzini narxlarini sun’iy oshirishga, tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, birja savdolariga qo‘yiladigan Ai-80 markali benzinning kunlik hajmlarini oshirish va narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 5-dekabrdan boshlab birja savdolariga qo‘shimcha 1 ming tonna Ai-80 benzini qo‘yilishi ta’minlandi.

“Shu munosabat bilan, Respublikadagi barcha AYOQSHlardan xalqimizni gaz va issiqlik bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari vaqtinchalik yopilishi evaziga benzinga bo‘lgan talab oshganligi sababli asossiz qo‘shimcha daromad olish holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari so‘raladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi benzin narxlari doimiy monitoring qilib borilishini va narxlarni sun’iy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda ushbu subyektlarga belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishini ma’lum qiladi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi