Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatida kelin oilaviy kelishmovchilik oqibatida qaynonasini kamida 20 marotaba pichoqladi. Bu haqda “Millar” dasturidagi lavhada ma’lum qilindi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Unga ko‘ra, ushbu holat yuz bergan xonadonda qaynona-kelin chiqisha olmay qolgan. Pichoqlangan qaynonaning aytishicha, 9 oydan beri kelini uning gaplariga kirmay, aytgan ishlarini qilmay kelmoqda.

Qaynona, shuningdek, uxlab yotgan paytida kelini unga 20 martadan ko‘p pichoq urgani, agar uyg‘onmaganida, o‘ldirib ketishi mumkinligi, ayni vaqtda bir qo‘li ishlamay qolganini bildirgan. Kelini esa ozodlikda yurganini aytib, hech kim holat qayta sodir bo‘lmasligiga kafolat bera olmasligi, uni topib, tezroq chora ko‘rishni so‘ragan.

Xonadon vakillaridan kelin nega bunday yo‘l tutgani haqida so‘ralganida ular orada nizoli holatlar sodir bo‘lgani, kelin qizlik uyiga ketib qolgani, ammo 30-oktabrda uning buvisi qaytarib kelinlik uyiga tashlab ketgani ma’lum qilingan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Voqea bo‘yicha jamoatchilikka batafsil ma’lumot berilishi qayd etilgan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi