Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida muqaddam uch marotaba sudlangan 42 yoshli erkak boshqa bir fuqaro bilan janjallashib qolib, uni pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022-yilning 29-sentabr kuni soat 07:30 larda muqaddam uch marotaba sudlangan Q.B. Buloqboshi tumani markazida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘i oldida fuqaro X.R. bilan o‘zaro janjallashib, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.

Shundan so‘ng Q.B. bog‘ yaqinidagi savdo do‘konidan bir dona xo‘jalik pichog‘ini olib kelib, X.R. ning chap ko‘krak sohasiga ikki marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan 2022-yil 29-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasining 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bizning jamiyatda seni la’natlangan yoki axloqi buzuq odam deb o‘ylashar edi” — vujudida OIV bilan yashayotgan insonlar hikoyalarini jamlagan “Hayot davom etadi”
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Sport
Boks yulduzi Saul Alvares Messi va Argentina xalqidan uzr so‘radi