Xitoy sobiq rahbari Szyan Szemin 96 yoshida vafot etgandi. Shavkat Mirziyoyev uning vafoti munosabati bilan Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot kotibi.
Prezident Xitoyning amaldagi rahbari Si Szinpinga hamda marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.
“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qo‘shgan Szyan Szeminning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, — deyiladi davlat rahbarining maktubida.
Izoh (0)