Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston viloyatlari markaziy hududlari kesimida 2022-yilning noyabr oyida tayyor palovning o‘rtacha narxlariga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, bir porsiyasi 26 300 so‘m bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinlardan Samarqand (24 700 so‘m) va Jizzax (22 300 so‘mdan) viloyatlari joy olgan. Eng arzon osh esa doimgidek Namangan viloyatida — bir porsiyasi 15 000 so‘mdan sotilgan.
Hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan bir porsiya palovning o‘rtacha narxlari quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston R. – 18 000 so‘m;
- Andijon viloyati – 20 800 so‘m;
- Buxoro viloyati – 21 300 so‘m;
- Jizzax viloyati –22 300 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m;
- Navoiy viloyati – 19 500 so‘m;
- Namangan viloyati – 15 000 so‘m;
- Samarqand viloyati – 24 700 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 20 000 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 20 700 so‘m;
- Toshkent viloyati – 21 500 so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 18 300 so‘m;
- Xorazm viloyati – 21 400 so‘m;
- Toshkent shahri – 26 300 so‘m.
Izoh (0)