Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ostonada bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimida qasamyod qabul qildi va prezident lavozimiga kirishdi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

20-noyabr kuni Qozog‘iston prezidentligiga navbatdan tashqari saylovlarda g‘olib bo‘lgan Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat xalqiga qasamyod qabul qildi va davlat rahbari lavozimiga rasman kirishdi.

26-noyabr kuni ertalab bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimida To‘qayev Qozog‘istonda prezident saylovlari adolatli va ochiqchasiga bo‘lib o‘tganini aytdi. Yetti yil muddatli bir martalik prezidentlikka o‘tish esa siyosatchilarning yangi avlodiga yo‘l ochib beradi, dedi u.

To‘qayev qayta saylanganidan keyingi birinchi safarini Rossiyaga uyushtirishi kutilmoqda. 28-noyabr, dushanba kuni u Moskvaga borib, Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi va hujjatlar imzolaydi, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovining yakuniy natijalariga ko‘ra, saylovchilarning 69,44 foizi, ya’ni 8 300 046 kishi ovoz bergan bo‘lib, shularning 6 456 492 nafari yoki 81,31 foizi Qosim-Jo‘mart To‘qayevni saylagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi