Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qosim-Jo‘mart To‘qayevning tantanali ravishda o‘z lavozimiga kirishish marosimi 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida ma’lum qilindi, deb yozadi Tengrinews.

Foto: “Akorda.kz”

Foto: “Akorda.kz”

“Markaziy saylov komissiyasi Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Qozog‘iston Respublikasining saylangan prezidenti sifatida ro‘yxatga oldi. Saylangan prezident tomonidan qasamyod qabul qilish sanasi 26-noyabr deb belgilandi”, — dedi MSK raisi Nurlan Abdirov.

MSK majlisida Qozog‘istonda 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovining yakuniy natijalari ham e’lon qilindi. Saylovchilarning 69,44 foizi, ya’ni 8 300 046 kishi ovoz bergan bo‘lib, shularning 6 456 492 nafari yoki 81,31 foizi Qosim-Jo‘mart To‘qayevni saylagan.

Bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri Yerulan Jamaubayev prezident inauguratsiyasiga qo‘shimcha mablag‘lar ajratilmasligini ma’lum qildi.

“Prezident inauguratsiyasiga qo‘shimcha ravishda moliyaviy mablag‘lar budjetidan ajratilmaydi. Prezident tomonidan qasamyod qabul qilinishi katta mablag‘ talab etadi, deb o‘ylamayman. Shuning uchun biz tomonimizdan hech qanday qo‘shimcha mablag‘lar ajratilmaydi”, — dedi Jamaubayev jurnalistlarning savollariga javoban.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Filmda rol o‘ynash uchun o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni qalbakilashtirgan aktyor va aktrislar (foto) 
Mahalliy
Toshkentda pul evaziga haj vizasi va kvota olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi
Mahalliy
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri