• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Hindcha 9/11” — Mumbaydagi teraktlar seriyasi, Qozonga qulagan vertolyot va Birinchi chechen urushining boshlanishi. Kun xronologiyasida 26-noyabr

    26-noyabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan “Hindcha 9/11” — Mumbaydagi teraktlar seriyasi, Qozondagi maydonga qulagan vertolyot hamda Birinchi chechen urushining boshlanishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    “Hindcha 9/11”. Mumbaydagi teraktlar seriyasi

    2008-yil 26-noyabr kuni Hindistonning moliyaviy poytaxti va yirik shahri Mumbay terrorchilarning keng ko‘lamli hujumiga uchragandi. Portlash va otishmalar oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Hind OAVlari sodir bo‘lgan voqeani “hindcha 11-sentabr” deb nomlagan va bu asossiz emasdi.

    Foto: Mumbai Live

    Foto: Mumbai Live

    Hujumlarning aksariyati Mumbay janubida amalga oshirilgan. Terrorchilar mehmonxonalar, kafe, shuningdek, politsiya boshqarmalari va shifoxonaga hujum uyushtirgan.

    Hujumning birinchi obyekti shaharning turistik zonasidagi “Leopold” kafesi bo‘lgan. Mahalliy vaqt bilan soat 21:30—21:50 larda ikki nafar terrorchi binoga bostirib kirib, tashrif buyuruvchilarga qarata “AK-47”dan o‘q uza boshlagan. Soat 22:00—22:30 da bir nechta bosqinchi Chhatrapati Shivaji Terminus termiryo‘l stansiyasiga hujum uyushtirgan. U mamlakatdagi eng ko‘p yo‘lovchi to‘xtaydigan stansiya bo‘libgina qolmay, Hindistondagi eng yirik tashuvlarni amalga oshirish ma’muriyati — “Markaziy temiryo‘l”da joylashgan. Terrorchilar avtomatdan stansiyadagi odamlarni o‘qqa tutgan, keyin esa ko‘chaga yo‘nalgan. Ikki nafar terrorchi Metro Cinema kinoteatri tomon yo‘l olgan.

    Shu vaqtda besh yulduzli “Oberoy” mehmonxonasi oldidan otishma ovozlari eshitilgan. Bir necha daqiqa farq bilan mehmonxona binosida ikkita kuchli portlash ro‘y bergan. Soat 22:15 da terrorchilar “Tojmahal” mehmonxonasi oldidagi odamlarga o‘t ochishni boshlagan. Mehmonxonada 6 ta bomba portlatilgan, yong‘in yuzaga kelgan: keyinroq “Tojmahal” yonidagi restorandan 8 kilogramm geksogen topilgan.

    Foto: Mumbai Live

    Foto: Mumbai Live

    Soat 22:30 da port yaqinida kuchli portlash ro‘y bergani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgan — taksi ichiga yashirilgan portlovchi qurilma ishlab ketgandi. Hujum “Nariman Xaus” turar joy binosiga ham uyushtirilgan — ikki terrorchi bino oldidagi yonilg‘i quyish shoxobchasiga granata tashlagan. Granata uyga kirib ketib, uning fasadini buzib yuborgan. Shundan keyin qurollangan jangarilar ichkariga bostirib kirgan va ikki kishini otib tashlagan. Bu vaqtda terrorchilar “Oberoy” va “Tojmahal” mehmonxonalarini egallab olgandi. Shuningdek, Vile Parleda ham (shahar shimolida ro‘y bergan yagona terakt) portlashlar sodir bo‘lgan, bosqinchilar politsiyachilarni otib tashlagan (shahar aksilterrorchilik boshqarmasi boshlig‘i va maxsus kuchlar rahbari o‘ldirilgan), Kama shifoxonasidagilar asirga olingan. Ikki soatdan kamroq vaqt ichida shahardagi o‘nlab obyektlar o‘qqa tutilib, egallab olingandi.

    Mumbaydagi otishmalar va portlashlar kechasi bilan davom etgan. 27-noyabr kuni “Oberoy”da beshta portlash yuz bergan, “Tojmahal” yonida ham bitta portlovchi qurilma ishga tushgan.

    Shaharga uyushtirilgan hujumlarni qaytarish uchun Mumbayga Hindiston armiyasining 800 ga yaqin askari va maxsus kuchlarning ko‘plab xodimlari yo‘naltirilgan. Vaqti-vaqti bilan ayrim binolarga shturm uyushtirilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan. Asirlarning aniq soni haqida ham ma’lumot yo‘q edi: terrorchilar tomonidan egallab olingan mehmonxonalarda yuzlab odamlar bo‘lishi mumkin edi, biroq turistlar sonini hech kim bilmasdi. “Tojmahal” va “Oberoy”da umumiy hisobda 65 kishi asirda ushlangan.

    27-noyabr kunduzi politsiya “Tojmahal”dagi barcha asirlar ozod etilganini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, binoni mustaqil tark etgan turistlarning aytishicha, huquq-tartibot organlari shaharni nazorat qila olmagan. Xususan, CNN’ga intervyu bergan avstraliyalik turist hujum vaqtida 250 nafar xorijlik bilan konsert zaliga berkinganini, bu vaqtida politsiyachilar sirenalari eshitilmaganini ma’lum qilgan. Turistlar portlashdan zarar ko‘rgan bino yonayotganini anglab yetgach, ular mehmonxonani deraza orqali mustaqil tark etgan.

    Foto: Mumbai Live

    Foto: Mumbai Live

    Politsiyachilarning ta’kidlashicha, ko‘p o‘tmay “Oberoy”da ham asirlar qolmagan. Kun davomida mehmonxonaga shturm uyushtirilgan. Maxsus kuchlar deyarli har bir qavatni kuch bilan egallagan — terrorchilarning taslim bo‘lish niyati yo‘q edi. Egallab olingan mehmonxonalarda yana qancha portlovchi moddalar borligi noma’lumligi vaziyatni yanada chigallashtirgan.

    Hujumlar uchun mas’uliyatni “Dekkan mujohidin” nomli oldin hech qayerda tanilmagan guruh o‘z zimmasiga olgan — ushbu tashkilot nomidan mahalliy OAVlarga xatlar yuborilgan. Hind politsiyasi hujum uyushtirganlar orasida pokistonliklar ham bo‘lganini bildirgan.

    Foto: Mumbai Live

    Foto: Mumbai Live

    Omon qolgan guvohlarning jurnalistlarga aytishicha, terrorchilarni asosan xorijliklar, birinchi navbatda — britan va amerikaliklar qiziqtirgan. Qator manbalarning tasdiqlashicha, terrorchilar asirlarni ozod qilish uchun tovon so‘ragan, shuningdek, qamoqdagi hamtovoqlarini ozod etishni talab qilgan. Biroq voqealar rivoji davomida hujum uyushtirganlar pul yoki kimningdir ozodligini xohlagani ehtimoldan uzoqligicha qolgan.

     

    Qozonga qulagan “Ka-27” vertolyoti

    1980-yil 26-noyabr kuni uchta “Ka-27” vertolyoti Kumertau shahrida Severomorskdagi belgilangan joyiga uchgan. Noma’lum sabablarga ko‘ra, ikkita uchish apparatining bakidagi yonilg‘i zaxirasi kam bo‘lgan. Birinchi vertolyot Qozondagi maydonga, ikkinchisi stadionga avariyaviy qo‘nishni amalga oshirgan. Baxtli tasodif tufayli hech kimga jarohat yetmagan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Harbiy-dengiz floti kemalarida qo‘nish uchun mo‘ljallangan vertolyotlar SSSRda bosh konstruktor Nikolay Kamov rahbarligi ostida ishlab chiqarilgan. Aynan u 1940-yilda “vertolyot” so‘zidan foydalanishni taklif qilgandi. “Ka-27” vertolyotlari qarama-qarshi aylanuvchi uchtalik ikkita parrakdan iborat bo‘lgan. U fyuzelyaj, asosiy tizim, boshqaruv tizimi, uchish-qo‘nish qurilmasi, dvigateldan tarkib topgandi.

    “Ka-27” zamonaviy suvosti kemalarini qidirish, topish, kuzatish va yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Vertolyot 500 metrgacha chuqurlikda soatiga 75 kilometr tezlikda harakatlanayotgan nishonlarga zarbalarni amalga oshira olgan. Mazkur vertolyot yakka holatda ham, flot kemalari bilan guruh tarkibida ham harakatlana olgan. Undan qidiruv operatsiyalarida ham foydalanilgan. Vertolyotning o‘ziga xos “podveska” tizimi odamlar va yuklarni tashiy olgan.

    Birinchi tajriba nusxasi 1973-yil 8-avgustda sinovdan o‘tkazilgan. Keyinroq qo‘shimchalar qo‘shilgach, mashina qurollanishga qabul qilingan. Ushbu model ommaviy ishlab chiqarilmagan, biroq Harbiy-dengiz flotida u muhim jangovar texnika hisoblangan. “Ka-27”lar bazalashtirish joyiga odatda mustaqil uchgan. 1980-yil 26-noyabr kuni Kumertaudagi aerodrom zavodida uchta yangi “Ka-27” vertolyoti parvozga tayyorlangan. Ular Murmansk viloyatidagi Severomorsk shahriga yetkazilishi kerak edi. Yo‘l davomida birinchi qo‘niladigan manzil Qozon vertolyot zavodidagi vertodrom edi. Parvoz uzoqligi 550 kilometrni tashkil etgan. Zavoddagi sinovlardan keyin ikkita vertolyot bakida ozgina yonilg‘i qolgan. Birinchi vertolyotgina yonilg‘ini to‘ldirib olgandi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Parvoz davomida Qozonga yaqinlashish vaqtida vertolyotlardan birining yonilg‘i kam qolganiga oid avariyaviy signalizatsiyasi ishlab ketgan. Ushbu “Ka-27”ni mayor Olxovik boshqarayotgandi. Keyin nimalar sodir bo‘lgani haqida bir nechta versiya mavjud. Ulardan biriga ko‘ra, uchuvchilar guruhi komandiri “Qozon-2” aeroportiga favqulodda qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan. Rad javobini olgach, parvozni davom ettirishga majbur bo‘lgan. Boshqa bir versiyaga ko‘ra, guruh yetakchisi “Qozon-2” aerodromiga qo‘nish uchun ruxsat so‘ramagan. Komandir bir necha kilometr qolgan zavod aerodromiga yetib olishga ko‘zi yetgan.

    Yonilg‘i to‘liq yoqilib bo‘lgach, mayor Olxovik vertolyotining ikkala dvigateli ham o‘chib qolgan. Soatiga 180 kilometr tezlikda u 200 metr balandlikda Qozondagi “Dekabristlar” va “Vosstaniya” ko‘chalari kesishmasiga qulagan. Qulash vaqtida “Ka-27” aloqa kabellari va elektr tarmoqlar hamda kommunikatsiya simlarini uzib yuborgan.

    Bu vaqtga kelib uchuvchi Malinko ham xuddi shunday muammoni boshdan o‘tkazayotgandi: uning ham kutilmaganda yonilg‘isi tugab qolgan. U yana shaharning ikkita dahasi bo‘ylab uchib o‘tgan va “Uriskiy” bog‘idagi stadionga qo‘ngan. Asosiy “Ka-27” esa aerodrom zavodiga qadar yetib borgan. Shu bilan birga, boshqaruv vaqtida uning dvigatellari o‘chib qolgan. Baxtli tasodif bilan hech kim halok bo‘lmagan.

    Halokat joyiga zudlik bilan militsiya xodimlari yetib kelgan, atrof o‘rab olingan. Favqulodda xizmat xodimlari ko‘ngilsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan. Shikast yetgan vertolyot Qozon zavodiga olib ketilgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Tergov davomida falokatning uchta sababi aniqlangan: guruh yetakchisini intizomsizligi va mas’uliyatsizligi, muhandis-texnik xizmatlar tomonidan parvozga tayyorgarlik ko‘rishning yomon tashkillashtirilishi, favqulodda vaziyatda izdoshlarning tashabbuskorligi yo‘qligi. Qurbonlar yo‘qligi bois Kumertau zavodi xodimlari va uchuvchilar javobgarlikka tortilmagan.

    Birinchi chechen urushining boshlanishi

    1994-yil 26-noyabr kuni birinchi Chechen urushi boshlangan edi: o‘sha kuni rossiyalik tankchilar Grozniyni qo‘lga kiritishda omadsizlikka uchragan. Uch kundan keyin Rossiya prezidenti Boris Yelsin Chechenistonda konstitutsiyaviy tartibni qayta tiklash bo‘yicha qarorni imzolagan va 11-dekabr kuni rus qo‘shinlari respublikaga bostirib kirgandi. Birinchi urush qariyb ikki yil — 1996-yilda Xasavyurt bitimini imzolangunga qadar davom etgan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Bitim baribir odamlar o‘g‘irlanishi va qon to‘kilishlarini to‘xtata olmagan va Shamil Basayev bo‘linmasi 1999-yilda Dog‘istonga bostirib kirgach, Ikkinchi Chechen urushi boshlangan. 2001-yilda Vladimir Putin Chechenistondan qo‘shinlarini olib chiqish bo‘yicha qarorni imzolagan, aksilterrorchilik operatsiyalari esa rasman 2009-yilda yakunlangan.

    1994-yil 26-noyabr kuni Grozniyni egallash bo‘yicha uchinchi shturm uyushtirilgan. Unda 1,2 mingga yaqin odam, xususan, FXX tomonidan og‘dirib olingan rossiyalik harbiy xizmatchilar, Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi tomonidan berilgan 40 ga yaqin tank va bir nechta “BTR-80” texnikalari qatnashgan. Hujum oqibatida 500 ga yaqin odam halok bo‘lgan.

    Rossiya rahbariyati shturmda ishtirok etmagan, mamlakat mudofaa vaziri Pavel Grachev Chechenistonda haqiqiy rossiyalik desantchilar jang qilganida barcha muammolar ikki soatda hal etilgan bo‘lishini aytgan. “Dudayev raqiblarining kuchsizligini tan olgan Rossiya rahbariyati yo respublika ishlariga ochiq harbiy aralashuvga borishi yoki Chechenistonga mustaqillik berib, bu urinishlardan butunlay voz kechishi kerak”, — deb yozgandi o‘shanda “Kommersant” gazetasi.

    Birinchi variant tanlangan — 30-noyabr kuni Boris Yelsin Chechenistonda hududida konstitutsiyaviy qonuniylik va tartibni qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorni imzolagan, 11-dekabr kuni federal qo‘shinlarni kiritish boshlangan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Dudayev bir necha bor Yelsin bilan uchrashib, muzokaralar olib borish uchun turli xil variantlarga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Ammo Yelsin bu odam bilan prinsipial ravishda muzokaralar olib borishni istamagan, chunki Dudayev uni masxara qilgandi: 1993-yil oktabr voqealaridan so‘ng, Moskvada parlament binosi bostirib kirilganida, Dudayev Yelsinga tabrik yo‘llagan: “Muxolifatni bostirib ajab ish qildingiz”. Bu tabrikdek ko‘ringani bilan aslida haqorat edi, chunki Dudayev o‘z vaqtida hokimiyat tepasiga shunday kelgan va bu orqali Yelsinga “biz bir-birimizdan yaxshiroq emasmiz” deyayotgandi.

    Biroq Yelsin administratsiyasining sobiq rahbari Sergey Filatovning aytishicha, Kreml aksincha, Grozniy bilan muzokaralar o‘tkazishni istagan. 1994-yil davomida Yeldin Dudayev bilan uchrashishni istagan, biroq uning ortida turgan insonlar bunga yo‘l qo‘ymagan.

    1990-yili armiya safidan general-mayor harbiy unvonida bo‘shagan Dudayev Umummilliy Chechen xalqi kongressi rahbari etib tayinlanish taklifini qabul qilgan. Kongress tarkibidan turli rasmiy Checheniston-Ingushetiya hukumatiga qarshi bo‘lgan turli muxolifat guruhlari to‘plangandi. Ularning a’zolari orasida bo‘lajak Chechen jangarilari komandirlari Zelimxan Yandarbiyev va Movladi Udugov ham bo‘lgan. 1991-yil avgustdagi norozilik namoyishlaridan foydalangan Dudayev hamda uning tarafdorlari mahalliy hukumatga qarshi chiqa boshlaydi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    1994-yilning noyabr oxirlarida Grozniyda aksilterrorchilik operatsiyasini boshlash bo‘yicha qaror qabul qilingan. Grachev Grozniyni “bitta desant polka” bilan olishga uringan, biroq buni amalga oshira olmagan, jangarilarning aksariyat komandirlari, jumladan, Aslan Masxadov Sovet armiyasida xizmat qilgan bo‘lib, raqiblar harakatini tushungan. General Lex Roxlin oxir-oqibat Grachev tomonidan Grozniyni qo‘lga olish rejasini “jinoiy avantyura” deb atagan.

    Birinchi Chechen urushida umumiy hisobda federal kuchlarning 5 ming harbiysi halok bo‘lgan, 16 mingdan ortiq odam jarohatlangan. Inson huquqlari himoyachilariga ko‘ra, qurbonlar soni aslida bundan besh barobarga ko‘pni tashkil etadi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Dinamitni patentlagan Nobel, Ryazanni bo‘lib olish uchun uyushtirilgan qirg‘in va kommunistlarga qarshi tuzilgan bitim — Antikomintern pakti. Kun xronologiyasida 25-noyabr

    26.11.2022, 09:31   Izoh (0)   28875
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gana neftni dollar o‘rniga oltin bilan sotib olishni rejalashtirmoqda

    26.11.2022, 08:27

    Ukrainada asirlikdagi rus harbiylari o‘ldirilgani aks etgan videoning haqiqiylik ehtimoli yuqori — BMT

    26.11.2022, 08:06

    Rossiya Davlat dumasida Qirg‘izistondagi tumanlarning rus tilidagi nomini o‘zgartirish oqibati aytildi

    25.11.2022, 23:46

    Qirg‘izistonda xalqaro narkoguruh a‘zolari qo‘lga olindi. Ular orasida O‘zbekiston fuqarosi bor (foto)

    25.11.2022, 23:34

    Kreml Zelenskiyning Qrimni qaytarish haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi

    25.11.2022, 23:22

    AQSH Xitoy iltimosiga binoan Ukrainaga sovet qiruvchi samolyotlarini bermaslikka qaror qildi — OAV

    25.11.2022, 22:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32

    Ukraina armiyasiga 23 ming zirhli transport vositasi kerak — OAV

    Dunyo | 26 iyul, 22:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.