Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonning amaldagi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev dastlabki natijalarga ko‘ra, 81,31 foiz ko‘rsatkich bilan davlat rahbari saylovida g‘olib bo‘lmoqda. Bu haqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi rahbari Nurlan Abdirov brifing chog‘ida ma’lum qildi.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, saylovchilar ovozlari quyidagicha taqsimlangan:

  • Qosim-Jo‘mart To‘qayev — 6,4 millionta ovoz yoki 81,31%;
  • Karakat Abden — 206 mingta ovoz yoki 2,6%;
  • Nurlan Auesbayev — 176 mingta ovoz yoki 2,22%;
  • Jiguli Dayrabayev — 271 mingta ovoz yoki 3,42%;
  • Meyram Kajiken — 200 mingta ovoz yoki 2,53%;
  • Saltanat Tursinbekova — 168 mingta ovoz yoki 2,12%;
  • hammaga qarshi — 480 mingta ovoz yoki 5,8%.
Ovoz berishda saylovchilarning 69,44 foizi qatnashdi. Qozog‘istonda qariyb 12 million kishi ovoz berish huquqiga ega bo‘lsa, shularning 8,3 millioni ushbu huquqidan foydalandi.

Avvalroq exit-poll natijalari e’lon qilingan, ular Qosim-Jo‘mart To‘qayev g‘olib bo‘lganini ko‘rsatgan edi.

Shundan keyin Elboshi Nursulton Nazarboyev birinchilardan bo‘lib, To‘qayevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev prezidentlik saylovi qonunga muvofiq va halol raqobat sharoitida o‘tkazilganini qayd etdi.

Uning fikricha, mamlakat aholisi unga ovoz berib, o‘z ishonchini bildirgan. Saylovlardan keyin konstitutsiyaviy islohot doirasida mamlakatda yangi siyosiy tuzilmaga o‘tish sodir bo‘ladi, dedi u.

To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu saylov yangi siyosiy davrni ochib beradi va kelajakda hokimiyatning barcha institutlari isloh qilinadi. “Biz konstitutsiyaviy islohotni aniq va ketma-ket amalga oshiramiz. Biz mamlakat siyosiy tuzilmasining yangi shakliga o‘tamiz. Iqtisodiyotda tubdan o‘zgarishlar yuz beradi. Fuqarolarning farovonligini oshiramiz. Bu maqsadlarning barchasini amalga oshirish uchun bizga birdamlik kerak”, — dedi To‘qayev Respublika jamoatchilik stabida nutq so‘zlab.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida
Mahalliy
Farg‘onadagi tergov hibsxonasida mahbusga tan jarohati yetkazilgani haqidagi xabarlar rad etildi
Mahalliy
Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi bir kunga to‘xtatiladi