Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan statistika ma’lumotlarini taqdim etishda davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Reglamentga ko‘ra, fuqarolar mazkur davlat xizmati doirasida statistika dasturi va faoliyatida yuritiladigan statistik tasniflar asosida shakllantiriladigan ma’lumotlar, shuningdek, ochiq manbalarda e’lon qilinadigan ma’lumotlarni olishi mumkin.

Quyidagilar davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

  • tarkibida davlat sirlari va qonunchilik bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bo‘lgan, shuningdek, individual ma’lumotlarni so‘rash;
  • shakllantirilishi statistika dasturida nazarda tutilmagan yoki shakllantirish muddati hali kelmagan statistika ma’lumotlarini so‘rash.
Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi. Davlat xizmati doirasida olingan statistika ma’lumotlarini tarqatishda (qayta chop etishda) ma’lumot olingan manbaga majburiy tartibda havola berilishi shart. Taqdim etiladigan har bir statistik ma’lumotni shakllantirish uchun BHMning 0,08 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov