Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining barcha o‘rinbosarlari lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar bermoqda.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra:
- Rustam Kamalxanovich Azizov Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan;
- Aziz Tulkunovich Gafurov Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan;
- Aleksey Vadimovich Sim Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.
Izoh (0)