• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Fransiyadan 800 mln yevroga 17 ta Airbus va ATR samolyotini xarid qiladi

    O‘zbekiston Fransiya kompaniyasidan 17 ta samolyot sotib oladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashirmatov “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qayd etilishicha, Fransiya O‘zbekistonga umumiy qiymati salkam 800 million yevro bo‘lgan 12 ta Airbus A320neo va A321neo samolyoti, shuningdek, 5 ta ATR 72-600 samolyotini yetkazib beradi. Bundan tashqari, ikkita Airbus H145 vertolyotini xarid qilish reja qilingan.

    “Gazeta.uz”ga ko‘ra, Airbus’dan 694,3 million yevroga 8 ta A320neo va 4 ta A321neo samolyoti xarid qilinishi kutilmoqda. Kelishuv 21 million yevroga ikkita Airbus H145 vertolyotini sotib olishni nazarda tutadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    22-noyabr kuni Fransiya Tashqi ishlar vazirligi binosida bo‘lib o‘tgan marosimda O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov va Airbus International kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Jak Garrige Airbus va Uzbekistan Airways o‘rtasidagi shartnomalarni almashgan.

    Bundan tashqari, 100 million yevroga 5 dona ATR 72-600 rusumli samolyot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uzbekistan Airports ma’lumotiga ko‘ra, Silk Avia va ATR beshta ATR 72-600 samolyotini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

    Silk Avia va Franko-Italiya konserni ATR o‘rtasida beshta yangi ATR 72-600 samolyotlarini sotib olish bo‘yicha asosiy shartnoma imzolangan, ularning uchtasi to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqaruvchidan va ikkitasi lizing beruvchidan hisoblanadi. Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi arafasida Parijda O‘zbekistonning birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi uchun samolyotlar xarid qilish bo‘yicha kelishuv imzolangan.

    “Biz aviakompaniyamizning yaqin kelajakda ATR samolyotlarida parvozlarni boshlashidan juda mamnunmiz. Narx jihatdan qaysi aviakompaniya bizga eng yaxshi yechim bo‘lishini chuqur tahlil qildik. ATR 72-600 dunyodagi eng mashhur qisqa masofali samolyotlardan biridir. A320’ga qaraganda to‘rt barobar kam yonilg‘i sarflaydigan tejamkor arzon samolyot yo‘lovchilarga hamyonbop narxda ishonchlilik va qulaylikni taklif qilish imkonini beradi”, — dedi Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.

    Parijdagi uchrashuv doirasida Silk Avia va ATR global texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasini ham imzoladi. Shartnoma texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi va ish unumdorligini oshiradi. Hujjat texnik xizmat ko‘rsatish va kapital ta’mirlash, agregatlarni almashtirish, ehtiyot qismlar zaxirasini o‘z ichiga oladi.

    “O‘zbekistondek jadal rivojlanayotgan mamlakatda Silk Avia ichki turizmni rivojlantirish va iqtisodiyotni rag‘batlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mintaqaviy reyslarning 10 foizga oshishi mahalliy yalpi ichki mahsulotning 5 foizga o‘sishiga olib kelishi mumkin va ATR ishonchli va arzon mintaqaviy samolyotlar bilan ta’minlash orqali o‘z vazifasini bajarmoqda. Biz Silk Avia kompaniyasini Markaziy Osiyoda ATR uchun yangi bozor ochgan yangi hamkorimiz sifatida kutib olishdan mamnunmiz”, — dedi ATR bosh direktori Natali Tarno Laud.

    Shartnoma doirasida Silk Avia yangi avlod PW127XT dvigatellari bilan jihozlangan samolyotlarni oladi, bu esa mavjud dvigatellarga nisbatan texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini 20 foizga, yonilg‘i sarfini esa 3 foizga qisqartirishni ta’minlaydi. Silk Avia samolyotlari Markaziy Osiyoda uchadigan birinchi yangi ATRlar bo‘ladi.

    Mavzuga doir:

    • “Mudofaa vazirligiga 40 ta vertolyot yetkazib berdik” — Airbus vitse-prezidenti kompaniyaning O‘zbekistondagi biznesi haqida
    • “Biznesimizni yanada kengaytirish niyatidamiz” — Airbus aviakompaniyasi vitse-prezidenti O‘zbekistonga investitsiya kiritish haqida
    • Medef, Airbus, EDF: Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi (foto)

    23.11.2022, 17:35   Izoh (0)   17753
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning uchta hududida dori vositalarining noqonuniy oldi-sotdisiga chek qo‘yildi

    23.11.2022, 17:26

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    23.11.2022, 17:10

    Toshkentda Nexia-3 urib yuborgan piyoda vafot etdi

    23.11.2022, 16:50

    Toshkentda ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash uchun 218 mln yevro ajratiladi

    23.11.2022, 16:35

    Toshkentda hokim yordamchisi va uning uch nafar sherigi 5 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushdi

    23.11.2022, 16:26

    Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron Parijda ikkita o‘zbek ko‘rgazmalarini ochib berdi

    23.11.2022, 16:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.