Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 19-noyabr kuni piyoda o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, holat shu kuni soat taxminan 22:30 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi A.A. (2003-yilda tug‘ilgan) Nexia-3 avtomashinasida harakatlanib, piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida 34 yoshli R.K. ismli ayol olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)