Bugun, 19-noyabr kuni Toshkent shahridagi Shahidlar xotirasi xiyobonidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanaliga ayol kishi o‘zini tashlagan.
“Daryo” muxbiri Toshkent shahar Yunusobod tumani 7–klinik shifoxonasida bo‘lib, mas’ullardan izoh oldi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi katta leytenant Saidnabi Mursalovning “Daryo” muxbiriga aytishicha, ayol o‘zini ko‘prikning ustidan suvga tashlagan.
“Ko‘p suv yutishi hisobiga hushini yo‘qotgan. Holatni ko‘rgan ikki nafar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari: Navro‘z Egamberganov va Sarvar Ibodullayev uni suvdan olib chiqqan. Shundan so‘ng zudlik bilan shifoxonaga tez yordam mashinasida olib kelingan”, — dedi katta leytenant Saidnabi Mursalov
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli ayol oilaviy janjal tufayli o‘zini suvga tashlagan. Shifokorlarning aytishicha, ayol hushiga kelgan, hozirda holati barqaror.
Voqea yuzasidan tergov organlari surishtiruv ishlari olib bormoqda.
Izoh (0)