Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putin to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni xohlayotgani, ammo u ommaviy muzokaraga rozi bo‘lishini ma’lum qilgandi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa hech qanday ommaviy muzokara o‘tkazilmasligini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni hech qanday muzokaralar olib borilishini istamayapti. “Maxsus operatsiya” davom etadi va qo‘yilgan maqsadga erishiladi.

“Gap shundaki, ular gohida muzokara olib boradi, gohida bundan bosh tortadi. Har qanday muzokaralarni taqiqlovchi qonun qabul qiladi. Shundan keyin ommaviy muzokaralar istagini bildiradi. Umuman olganda ommaviy muzokaralarni tasavvur qilish qiyin. Bunday muzokaralar bo‘lmaydi. Lekin bir narsa aniq, Ukraina tomoni hech qanday muzokaralar bo‘lishini istamaydi. Maxsus harbiy operatsiya davom etmoqda va uning maqsadiga erishish kerak”, — dedi Peskov.

16-noyabr kuni Zelenskiy G‘arb hamkorlaridan Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish istagi haqida signal olganini aytgandi.

“Men ommaviy shakldagi muzokarani taklif qildim, chunki Rossiya ommaviy urush olib bormoqda”, — deya ta’kidlagandi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti CNN nashriga bergan intervyusida Rossiya bilan yarashuv muzokaralari imkoniyatini istisno qilmagandi. U “boshqacha Rossiya” bilan muzokaralar uchun eshiklar ochiqligini ta’kidlagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?