Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zi uchun Rossiya bilan yarashuv muzokaralari imkoniyatini istisno qilmayapti. Bu haqda u CNN nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

“Men muzokaralar uchun eshiklarni yopib qo‘yganim yo‘q. Men aytdimki, biz Rossiya bilan gaplashishga tayyormiz, lekin u boshqacha Rossiya bo‘lishi kerak. Ya’ni haqiqatda tinchlik o‘rnatishga tayyor Rossiya bo‘lishi kerak”, — dedi Zelenskiy.

U 8-noyabr kuni Rossiya bilan muloqot boshlash uchun Ukrainaning shartlarini ma’lum qilgandi. Ular esa Rossiyaga qo‘shib olingan hududlar qaytarilgan holda Ukraina hududiy yaxlitligining qayta tiklanishi, BMTga hurmat, barcha zararlarning qoplanishi, har bitta harbiy jinoyatchining jazolanishi va bu boshqa hech qachon takrorlanmasligining kafolatlanishidan iborat edi.

CNN’ga bergan intervyusida u “hozircha Rossiya Federatsiyasidan — na Putindan va na boshqa biron kimdan bu shartlarga tayyorligi haqida bayonotlar eshitmagani”ni aytdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya tomonidan ultimatumlardan boshqa hech qanday gaplar eshitmagan.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya bilan muzokaralar uchun shartlari haqidagi bayonoti AQSHning “yengilgina turtkisi” bilan bog‘liq bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

30-sentabr kuni Kremlda Donetsk va Lugansk xalq respublikalari hamda Ukrainaning Xerson va Zaporojye viloyatlari bosib olingan qismlarining “Rossiya tarkibiga kirishi” haqida shartnomalar imzolandi. O‘sha kuniyoq Ukraina hukumati NATOga qo‘shilish uchun ariza berdi. Zelenskiy o‘shanda Rossiya bilan muloqotga tayyorligini aytgan, lekin “boshqa prezident bilan” degan edi.

4-oktabr kuni esa Ukraina rasman Putin bilan har qanday muzokaralardan bosh tortdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi