Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvi chog‘ida BMT Ukrainadagi mojaroni hal qilish masalasida muvozanatli va xolis chiziqqa amal qilishi kerakligini ta’kidladi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Sergey Lavrov BMT kotibiyati BMT nizomining 100-moddasiga muvofiq, o‘tkir global muammolar bo‘yicha, birinchi navbatda, har qanday davlatdan ko‘rsatmalar olishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida mutanosib va xolis yo‘nalishga aniq amal qilishi zarurligini ta’kidladi. Xususan, Ukraina va uning atrofidagi vaziyat borasida”, — deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Vazirlikning ta’kidlashicha, xolis va muvozanatli chiziq “mojaroli vaziyatlarni uzoq muddatga hal etishga erishish va xalqaro tinchlik hamda xavfsizlikni ta’minlashga yordam beradi”.
Avvalroq Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan G20 sammiti doirasidagi nutqida “BMT dunyodagi alg‘ov-dalg‘ovlikni eplay olmagani” haqida aytib o‘tgan edi.
Izoh (0)