Ijtimoiy tarmoqlarda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risidagi bitim doirasida davlat hamkorlari bilan yozishmalarda abonentlarning shaxsiy ma’lumotlarini so‘ragani haqida xabar tarqaldi. Kompaniya axborot xizmati holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Veolia Energy Tashkent fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlaridan boshqa maqsadlarda foydalanmaydi va foydalanmoqchi ham emas.
“O‘zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablarini buzmaymiz”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Veolia Energy Tashkent O‘zbekistondagi 134 ta tabiiy monopoliyalardan biri hisoblanadi. Aslida fransuzlarga tegishli bo‘lgan kompaniya 2022-yilning 1-iyulidan boshlab sheriklik asosida Toshkent shahri aholisini issiq suv bilan ta’minlab kelmoqda.
Izoh (0)