Turkiyaning Istanbul shahri Beyog‘lu Istiqlol ko‘chasida 13-noyabr kuni portlash sodir bo‘lgandi. Unda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan bloger, jamoatchilik faoli Islam Kaparzo ham jabrlangani ma’lum bo‘ldi.
Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bildirgan. “Ozgina jarohatlandim, lekin halokatli emas, hayotman”, — deb yozgan bloger.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, sayyohlar gavjum bo‘lgan ko‘chada yuz bergan portlash oqibatida 81 kishi jabrlangan. Ularning 50 nafari kasalxonadan chiqarilgan, besh kishi reanimatsiyada yotibdi, ikki kishi — og‘ir ahvolda. Halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetgan.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi 13-noyabr kuni soat 20:50 da bergan axborotida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjudligi haqida hozircha ma’lumot yo‘qligi aytilgandi.
Bosh konsulxona Istanbul hokimiyati qoshida tuzilgan shtab bilan aloqada ekanini bildirgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)