Odatda ayollar garderobida urfdan qolmaydigan kurtka modellari ham bo‘lishi kerak. Ular har qanday uchrashuv, ish va kundalik hayotda kiyish uchun kerak bo‘ladi. Ularni bir marta xarid qilish va yillar davomida kiyish mumkin, deb yozadi Grazia.
Mutaxassislar uzun kurtkalarni klassik uslubga xos deb biladi. Kalta va matosi tovlanmaydigan par kurtkalar esa hamisha urfda. Bu kabi modellar qalin shim va ko‘ylaklar bilan ajoyib kombinatsiyani hosil qiladi. Shuningdek, ularni istalgan joyga kiyib borish mumkin.
Uzunligi bo‘ksaga tushib turuvchi par kurtkalarni ham uzoq vaqt davomida kiyish mumkin. Bu, ayniqsa, sovuqdan qo‘rqadiganlar uchun mos keladi. O‘rtacha uzunlikdagi kurtkalarning yoqa qismi keng bo‘lib, ularni ochish yoki sharf bilan ham uyg‘unlashtirish ham mumkin.
Uzunligi tizzagacha tushib turadigan oversayz kurtkalar ham hamisha urfda. Ushbu modellarni sport uslubida kiyinuvchilar yoki klassik uslub ixlosmandlari ham kiyadi. Sababi oversayz model har qanday qomatga mos keladi va kamchiliklarni yashiradi.
Eng uzun kurtka modellari ham yuqoridagi sifatlarga ega bo‘lib, ular bilan chiroyli obraz yaratish hamda qulaylikka erishish mumkin. Sovuq ob-havoda issiq, qulay hamda zamonaviy kombinatsiya yaratish oson emas. Ushbu modellar esa barchasini o‘zida jamlagan. Shuning uchun ularni bir marta xarid qilib, uzoq vaqt davomida garderobning muhim elementiga aylantirish mumkin.
Izoh (0)