Yevropa Ittifoqi Ukraina va Gruziyada berilgan Rossiyaning sayohat hujjatlarini tan olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda UPI xabar berdi.
Yevropa kengashi bayonotida keltirilishicha, bu qaror Rossiyaning Ukrainaga qarshi “asossiz harbiy tajovuz”iga hamda bosib olingan hududlar aholisiga Rossiya pasportlarini berish amaliyotiga javobdir.
Bu, shuningdek, Rossiyaning 2008-yilda Gruziyaning Abxaziya va Janubiy Osetiya hududlari mustaqilligini tan olish haqidagi bir tomonlama qaroriga ham taalluqli, deyiladi hujjatda.
Mazkur qaror Yevroparlament va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan rasman tasdiqlanishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, G‘arb badavlat rossiyaliklarga sarmoya evaziga chet el fuqaroligini olish imkonini beruvchi “oltin pasportlar” dasturidan voz kechishini e’lon qilgandi.
Izoh (0)