• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

    Prezident Shavkat Mirziyoev 12 noyabr, — tibbiyot xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan soha vakillariga tabrik yo‘lladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hurmatli shifokorlar!

    Muhtaram soha faxriylari!

    Avvalo, xalqimiz salomatligini asrashdek mas’uliyatli va sharafli yo‘lda o‘zini ayamasdan, fidokorona mehnat qilayotgan siz, azizlarni Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga ezgu tilaklarimni izhor etaman.

    Mashhur yunon tabibi Gippokratning: “Tibbiyot va donishmandlik o‘zaro hamohang va chambarchas bog‘liqdir”, degan so‘zlarida katta ma’no bor.

    Darhaqiqat, dunyodagi eng bebaho boylik, tengsiz ne’mat hisoblangan inson sog‘lig‘ini saqlash, bemor ko‘nglida umid va ishonch uyg‘otib, uni sog‘lom hayotga qaytarish uchun shifokor nafaqat chuqur bilim va tajriba sohibi, ayni paytda yuksak aql-zakovat hamda olijanob qalb egasi bo‘lishi darkor.

    O‘z hayotini ana shunday ulug‘ va savobli ishga bag‘ishlab, odamlarning dardiga darmon bo‘lishni muqaddas burch deb bilgan tibbiyot xodimlarining sha’niga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi, albatta.

    Aziz shifokor va hamshiralar!

    So‘nggi yillarda O‘zbekistonda har bir fuqaro uchun yuqori sifatli va malakali tibbiy xizmat tizimini yaratish ustuvor vazifa sifatida belgilanib, bu yo‘nalishda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani sizlarga yaxshi ma’lum.

    “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyilni jamiyatimiz hayotida to‘la ro‘yobga chiqarish maqsadida keyingi vaqtda yurtimizda sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan muntazam uchrashib, oldimizda turgan vazifalar va dolzarb muammolarning yechimlari haqida fikrlashib olish ibratli an’anaga aylandi.

    Joriy yilda sizlar bilan o‘tkazilgan muloqotlarimiz ham har tomonlama foydali bo‘ldi. Buning natijasida 2022 yilda sohaga oid yigirmadan ziyod qonun, farmon va qarorlar hamda boshqa zarur me’yoriy hujjatlar qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda.

    Bugungi kunda sizlarning faol sa’y-harakatingiz bilan tibbiyot xizmati bevosita mahallalarga, har bir yurtdoshimizning xonadoniga kirib bormoqda. Yuqori malakali shifokorlar, olim va mutaxassislar joylarga chiqqan holda, og‘ir xastaliklardan aziyat chekayotgan bemorlarning salomatligini tiklashga munosib hissa qo‘shmoqda.

    Bu yil hududlar bo‘ylab o‘tkazilgan salomatlik aksiyalari davomida yurtdoshlarimizning 210 ming nafari ambulator va 65 ming nafari statsionar sharoitda sog‘lomlashtirilgani salmoqli natijalardan biri bo‘ldi. Biz bunday ezgu va xayrli ishlarni kelgusida ham izchil davom ettiramiz.

    Inson hayoti va salomatligini asrab-avaylashdek g‘oyat muhim vazifani ado etishda biron-bir masalani e’tibordan chetda qoldirish, muammolarning yechimini paysalga solish mumkin emasligini barchamiz yaxshi anglaymiz.

    Shu sababli, tibbiyot sohasini rivojlantirish jarayonida, avvalo, bu boradagi mavjud munosabat va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirib, “inson – jamiyat – davlat” tamoyilini hayotga joriy  etish ustuvor masala bo‘lib qolmoqda.

    Shu maqsadda tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va mahallalarda tibbiy xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz.

    Xususan, birgina 2022 yilda joylarda 100 dan ziyod oilaviy shifokorlik punkti, poliklinikalar hamda olis va chekka hududlarda 1000 dan ortiq mahalla tibbiyot punktlari tashkil etildi. Natijada qo‘shimcha ravishda yana 3,5 million aholini birlamchi tibbiy xizmat bilan qamrab olishga erishildi.

    Oilaviy shifokorlar tomonidan aholiga bepul tarqatiladigan 70 xildagi dori-darmonlar uchun mablag‘lar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 3 barobarga oshirildi. Birlamchi tibbiyot muassasalari zamonaviy ultratovush, elektrokardiogramma uskunalari, stomatologik va jarrohlik to‘plamlari bilan jihozlanmoqda.

    Oilaviy poliklinikalarda kunduzgi davolash o‘rinlari tashkil etilishi natijasida 740 ming kishi shifoxonaga bormasdan, bevosita o‘zi istiqomat qilayotgan mahallada muolaja olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

    Mamlakatimizda xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirish maqsadida ushbu klinikalarga soliq va bojxona imtiyozlari berilib, majburiy turistik yig‘imlar bekor qilindi hamda davlat mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat etildi.

    Salomatlik posbonlarining og‘ir va mas’uliyatli mehnatini munosib qadrlash, ularning o‘z kasbidan manfaatdorligini oshirish masalasi ham davlatimizning doimiy e’tibor markazida turibdi.

    Yaqinda soha xodimlarining oylik maoshi 30 foizgacha oshirilib, ish samaradorligi va natijasiga qarab tabaqalashtirilgan rag‘batlantirish hamda ustama to‘lovlari joriy etilgani ham bu yo‘ldagi muhim qadam bo‘lganini qayd etish lozim.

    Sog‘liqni saqlash tizimida erishilayotgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, hali oldimizda bajarishimiz zarur bo‘lgan vazifalar ham yetarli ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz.

    Bu haqda gapirganda, tibbiyot tizimini rivojlantirish yo‘lida boshlangan va xalqimiz salomatligini asrashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi masalalarni ta’kidlab o‘tish o‘rinli, deb o‘ylayman.

    Bugungi kunda bemorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashda ularning tanloviga hurmat bilan qarash zarurligini hayotning o‘zi taqozo qilmoqda.

    Ana shu zaruratdan kelib chiqib, bundan buyon tibbiyot tizimini “mablag‘ni bevosita bemorga sarflash” tamoyili asosida moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ya’ni, mablag‘lar tibbiyot muassasalariga umumiy tarzda emas, balki davolangan bemorlarga sarflangan xarajatlardan kelib chiqqan holda yo‘naltiriladi.

    Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkam qaror toptirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, har bir fuqaroning sog‘lig‘ini asrab-avaylash, ularni malakali tibbiy xizmat bilan to‘liq qamrab olish masalalari bundan buyon ham ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.

    Hurmatli tibbiyot xodimlari!

    Sog‘liqni saqlash sohasini tezkor va samarali, xalqchil tizimga aylantirish yo‘lidagi islohotlar jarayonida sizlar o‘z zimmangizdagi mas’uliyatni sharaf bilan ado etish uchun bor bilim va mahoratingiz, salohiyat va tajribangiz, azmu shijoatingizni namoyon etishingizga ishonaman.

    Fursatdan foydalanib, barchangizni kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman.

    Hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz shifokorlar!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi prezidentiAvvalroq Shavkat Mirziyoyevning bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotlagani haqida xabar berilgan edi.

    12.11.2022, 19:11   Izoh (0)   23700
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiyda suv iste’moli uchun olingan qariyb 110 mln so‘mni o‘zlashtirgan hisobchi ushlandi

    12.11.2022, 18:32

    Andijon viloyatida 3 balli zilzila sodir bo‘ldi

    12.11.2022, 17:09

    O‘zbekistonda ombudsman nomiga ruhiy hamda jismoniy bosim o‘tkazilgani masalasida 143 ta shikoyat kelib tushdi

    12.11.2022, 16:51

    Farg‘onadagi IIB binosida 15 yoshli o‘smir vafot etgani yuzasidan 2 nafar ichki ishlar xodimi ishdan bo‘shatildi

    12.11.2022, 16:19

    Farg‘onada 2,5 mlrd so‘m qarzini to‘lamagan fuqaroning 3 ta MAN yuk mashinasi olib qo‘yildi

    12.11.2022, 16:09

    14—17-noyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi

    12.11.2022, 15:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    Eron prezidenti kortejidagi muammo sababli taksida ketishga majbur bo‘ldi

    18 iyul, 09:25

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda tadbirkorlarga Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni import qilish xarajatining bir qismi qoplab beriladi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 11:59

    “Tramp dunyo imperatori etib saylanmagan” — Braziliya prezidenti

    Dunyo | 18 iyul, 11:45

    Aktyor Tom Holland “O‘rgimchak odam” filmining yangi qismi haqidagi tafsilotlarni oshkor qildi

    Kino | 18 iyul, 11:35

    Isroil G‘azodagi minglab fuqarolik obyektlarini buzishga kirishdi (foto, video)

    Dunyo | 18 iyul, 11:18

    Apple tarixdagi eng qimmat iPhone ishlab chiqaradi

    Dunyo | 18 iyul, 11:06

    Freestyle Chess Grand Slam. Abdusattorov va Sindorov musobaqaning chorak finalida mag‘lubiyatga uchradi

    Sport | 18 iyul, 10:59

    Koni foyda: qovun yeyish uchun 9 ta asosli sabab

    Maslahatlar | 18 iyul, 10:58

    Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi tayinlandi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 10:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.