O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 30 nafar talabasi Xitoyda o‘qishni boshladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 28-fevral kuni Xitoyning Lyaodong universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida 3 yil muddatga o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolangan.
Mazkur shartnomaga asosan noyabr oyida Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasida tahsil olayotgan 30 nafar talaba grant asosida bir yillik stajirovka o‘tash uchun Lyaodong universitetiga yetib bordi.
Izoh (0)