Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final bahslari 12-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
-51 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Hasanboy Do‘stmatov finalda qozog‘istonlik Saken Bibosinovga qarshi jang qildi.
Birinchi raund teng kurashlar ostida o‘tdi, unda hakamlarning ikki nafari Do‘stmatovning, uch nafari esa Sakenning foydasiga qaror chiqardi. Ikkinchi raund Do‘stmatov foydasiga yozildi.
Uchinchi raundda ham Do‘stmatov faolroq bo‘ldi. Yakunda Hasanboy g‘olib deb topildi va Osiyo chempioniga aylandi.
12-noyabr kuni yana olti nafar o‘zbekistonlik bokschi finalda ringga ko‘tariladi.
- -57 kg: Abdumalik Halokov — Serik Temirjanov (Qozog‘iston) (16:00 dan keyin)
- -63,5 kg: Ruslan Abdullayev — Shiva Thapa (Hindiston) (16:30 dan so‘ng)
- -75 kg: Saidjamshid Ja’farov — Nurqanat Rayis (Qozog‘iston) (17:15 dan so‘ng)
- -80 kg: Odiljon Aslonov — Husseyn Eyshaysh (Iordaniya) (17:30 dan so‘ng)
- -92 kg: Madiyor Saidrahimov — Aybek Oralbay (Qozog‘iston) (18:00 dan so‘ng)
- +92 kg: Lazizbek Mullajonov — Kamshibek Kunkabayev (Qozog‘iston) (18:15 dan so‘ng)
Izoh (0)