• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Davlat ko‘p xarajatlarni kamaytirishi kerak” – iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekistondagi iqtisodiy muammolar haqida

    Iqtisodchi Behzod Hoshimov Samarqandda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy forum doirasida “Daryo” muxbiriga intervyu berdi. Suhbatda O‘zbekistondagi iqtisodiy muammolar, xususan, erkin savdo, budjet taqsimlash, davlat qarzi va xususiylashtirish masalalarida so‘z bordi.

    Behzod Hoshimov — O‘zbekistonlik iqtisodchi va jamoat faoli. “Iqtisodchi kundaligi” blogi, YouTubeʼdagi Hoshimovʼs Economics (Hoshimov Iqtisodiyoti) videoblogi muallifi. U Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinsonning “Mamlakatlar tanazzuli sabablari: Qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari” kitobining o‘zbekcha tarjimasiga muharrilik qilgan. “Yuksalish” umummilliy harakati o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra O‘zbekiston blogerlar va inflyuyenserlarining 30 talik ro‘yxatidan joy olgan. Behzod Hoshimov Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha Oksus jamiyati, Amerika Iqtisodchilar Assotsiyatsiyasi va AQSHdagi Strategik menejment jamiyati aʼzosi. AQSH Patent va Tovar belgilari idorasidan iqtisodiy model patenti sohibi va Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasining (IEO) hakamlar hayʼati aʼzosi. U ayni vaqtda O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet masalalari qo‘mitasi huzuridagi ekspertlar kengashi va “Mikrokreditbank” kuzatuv kengashi aʼzosi hisoblanadi.

    O‘zbekistonda savdoni erkinlashtirish zaruriyati haqida fikrlaringiz?

    Savdoni erkinlashtirish uchun bugun yaxshi kun. Kecha yaxshiroq edi. Ertaga yomon. Ya’ni qancha erta erkinlashtirsak shuncha yaxshi. Bu ishni besh yil oldin ham qilsak bo‘lardi, hozir ham qilish kerak va kechiktirmaslik lozim.

    Umid qilaman, lekin qachon bo‘lishini bilmayman, O‘zbekistonda savdo erkin bo‘ladi va biz Jahon savdo tashkilotining to‘laqonli a’zosiga aylanamiz.

    Savdoni erkinlashtirishning bir qancha jabhalari mavjud. Masalan, davlat mulklarini xususiylashtirish. O‘zbekiston uchun xususiylashtirish juda dolzarb. Bu jarayonni adolatli hamda shaffof qilish va shunga jamiyatni to‘liq ishontirish kerak. O‘shandagina samaradorlik bo‘ladi. Agar xususiylashtirish ochiq, shaffof va adolatli bo‘lmasa, jamiyatning xususiylashtirish jarayonlariga nisbatan shubhasi bo‘ladi. Shubha bo‘lsa, bu masalani yana qanchadir yillardan keyin qayta ko‘rib chiqilishiga to‘g‘ri keladi. Va bu juda ham yomon. Shuning uchun o‘ylaymanki, xususiylashtirishni tez va adolatli qilish kerak. Savdoni tez erkinlashtirish zarur va iloji boricha xalqaro savdo tashkilotlariga a’zo bo‘lishimiz ham tezlashishi kerak.

    Behzod Hoshimov

    Behzod Hoshimov
    Foto: “Daryo”

    Iqtisodiyotda xususiylashtirishdan tashqari yana qaysi nuqtalarda erkinlikni ta’minlash muhim?

    Mamlakatda ayrim yo‘nalishlarda davlat aralashuvi va tartibga solishi keragidan ko‘p. Masalan, ba’zi tovarlarga davlat narx qo‘yadi. Buni tezroq bozorning o‘zi narx qo‘yishiga olib kelishimiz kerak. Shu bilan birga, yoqilg‘i sektorini erkinlashtirish muhim. Ayniqsa, xomashyo bozorlarida davlat asosiy o‘yinchi bo‘lib qolmoqda. Transport sohasida ham asosiy o‘yinchi bu – davlat.

    Erkinlik haqida gapiradigan bo‘lsak, masalan, aviakompaniyani olaylik. Chet eldan O‘zbekistonga uchib kelish uchun bu yerdagi aviakompaniya bilan kelishish kerak. Bu erkinlik emas. O‘zimizning aviakompaniyamiz yoki temiryo‘llarimizni himoya qilyapmiz va buning natijasida siz va men kabi o‘zbekistonliklar qimmatroq narxga samolyotga chipta sotib olyapmiz. Bu ham erkinlik emas. Biz sayohat yoki ish bilan xorijga borishimiz uchun chiptalar qimmat. Bu transport masalasining fundamental muammosi.

    Bizda eksportchilar uchun davlat subsidiya qilib, ularning logistika xarajatlarini qoplab beradi. Bozorni cheklab, transport narxini ko‘tarib qo‘yadi. Bir qo‘lda sovutib, ikkinchi qo‘lda isityapmiz.

    Bozor bo‘lsa, narxlar tushadi. Lekin bozorga kirishga yo‘l qo‘ymasdan turib, subsidiya orqali kerakli narxlarni regulyatsiya qilamiz. Bu xato. Shuning uchun erkinlashtirishlar kerak bo‘ladi.

    Xususiy monopoliya davlat monopoliyasidan yaxshiroq emas, ikkila monopoliya ham yomon. Lekin monopoliya xususiymi yoki davlatnikimi, uning tashkil bo‘lishi uchun albatta, davlat kerak. Bizda monopoliya davlatning yordmisiz o‘zidan o‘zi o‘sib chiqa olmaydi. Agar siz qaysidir joyda yagona sotuvchi bo‘lsangiz, katta ehtimol bilan davlatning kuchi orqali o‘zingizning raqobatchilaringizni cheklagan bo‘lasiz.

    O‘zbekiston budjetida taqchillik keti uzilmayapti. Buning qanday xavfli tomonlari bor?

    Budjetda defitsit bo‘lishi ayrim o‘rinlarda kerakli narsa. Ya’ni fors-major holatlarda taqchillik kerak. Misol uchun, pandemiyada ijtimoiy xarajatlar ko‘payishi lozim edi. Lekin hozir postpandemik dunyodamiz. O‘zbekistonga biroz fiskal konservatizm kerak. Bu ko‘p xarajatlarni kamaytirish kerak degani. Endi bu deputatlarga savol: nimalarga kamroq xarajat qilishimiz kerak?

    Dunyoda hamma narsa tanlovdan iborat. Xususan, budjet masalaasi ham. Biz maktabni ta’mirlashimiz kerakmi yoki biror bino qurishimiz zarurmi? ‘Qayerdan kesamiz’, degan savol jamiyat va uning vakili bo‘lgan deputatlarni konstitutsion huquqi va mas’uliyatidir. Ular shuni hal qilishi kerak. O‘ylaymanki, bizda qachondir budjet shaffoflik bilan qabul qilinadi va tanlovda ham aytiladi: ‘bizda 2 so‘m pul bor, shuni adolatli taqsimlaydik’, deb. Bizda hamma masalalarni ko‘proq pul bilan hal qilishga harakat qilamiz.

    Bilmaymizki, bu ideal dunyo emas. Bizda resurslarimiz cheklangan, shu jumladan, budjet resurslarimiz ham. Budjet resurslarimizni tejamasligimizning yomon oqibati shundaki, baribir qachondir unga to‘laymiz.

    Agar qarz olib moliyalashtirsak, biz emas, balki farzandlarimiz to‘laydi. Hech narsa tekin emas. Bugun yoki ertaga to‘laysiz. Qanday to‘laysiz? Albatta, bugungi yoki ertangi soliqlar bilan.

    Budjetni sifatli taqsimlash nimalar bilan bog‘liq?

    O‘zbekiston Konstitutsiyasida budjet va soliq masalalari Oliy Majlisning qonuniy vazifasi etib belgilangan. Ular saylov orqali ishga kelgan. Parlament – deputat va senatorlar o‘tirib, qayerga qancha pul sarflashni hal qilish uchun tashkil etilgan institut.

    Bundan boshqa funksiyalari ham mavjud parlamentning. Lekin asosiy funksiyasi shu. Ular shu bilan shug‘ullanishini xohlar edim. Davlat qarzi ham shu masala bilan bog‘liq. Davlat qarzi – bu ertangi soliqlar degani.

    Budjet defitsiti ham kelajakda uni to‘lib borishimiz kerakligini anglatadi. Bu yerda ‘kelajakda daromadlarimiz shunaqa ko‘payib ketadiki, biz uchun ularni to‘lash kam miqdorda bo‘ladi. Shuning uchun hozir qarz olib turib, qanaqadir rivojlanishga yetib olishimiz kerak’, degan faraz mavjud. Shuning uchun davlat qarzi qachon masala bo‘ladiki, o‘sish sur’ati pasaysa.

    O‘zbekistonga istisodiy o‘qish suv va havodek kerak. Davlat qarzi masalasini budjetdan tashqarida ko‘rib chiqish qiyin. Bu o‘sha ashulaning davomi. Yoki bugungi soliqlar yoki kelajakdagi soliqlar. Bugungi soliqlar budjetda, kelajakdagi soliqlar esa kelajakdagi budjetda. Lekin hozir ko‘p ishlatib yuborsak, keyin ko‘p ishlata olmaymiz. Uy xo‘jaligi nuqtayi nazardan ko‘rsangiz ham huddi shunaqa.

    Masalan, hozir qarz olib nimadir ishingizni bitirsangiz, bilasizki, ertangi xarajatlaringizni qisqartirishga to‘g‘ri keladi. Ertangi daromadlaringiz ko‘payib ketsa, unda to‘lash osonroq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun siz kelajakda yuqori daromad beradigan sohalarga pul tikishingiz kerak. Davlatda ham huddi shunaqa.

    09.11.2022, 19:36   Izoh (0)   15963
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Pulga muhtoj bo‘lib turgandim”: Toshkentda uyida fohishaxona tashkil qilgan 64 yoshli erkak qamaldi (video)

    09.11.2022, 19:19

    “Zarbdan boshi yorilgan”. Qashqadaryoda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘quvchisini nasos bilan kaltakladi

    09.11.2022, 19:01

    330 nafar mahalliy, 241 nafar xorijiy jurnalist. Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammitini yoritish uchun mo‘ljallangan matbuot markazi o‘z ishini boshladi (...

    09.11.2022, 18:36

    Namanganda mast erkak tanishini pichoqlab qo‘ydi

    09.11.2022, 18:32

    Toshkentda 46 yoshli fuqaro “Yandex Go” operatoriga hujum qilib, pullarini olib qochib ketdi

    09.11.2022, 18:21

    O‘zbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlarning 30 foizi Qozog‘istondan keladi

    09.11.2022, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda amaldor aeroport xodimlari yuk haqini to‘lashni so‘ragani uchun ularning suyaklarini sindirdi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 00:10

    Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun 132 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 4 avgust, 23:50

    Al-Aqso masjidiga bostirib kirish barcha musulmonlarga qarshi qilingan tahdiddir — Falastin hukumati

    Dunyo | 4 avgust, 23:40

    Andijonda fuqaro xonadonida noqonuniy “gaz bunkeri” aniqlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:30

    Toshkent viloyatida yosh o‘qituvchilar uchun 45 kunlik intensiv kurs yakunlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:21

    Apple Siri ishlab chiquvchilar jamoasini qayta tuzishga va ChatGPT’ga raqobatchi yaratishga qaror qildi

    Dunyo | 4 avgust, 23:10

    O‘zbekistonda bir yilga mo‘ljallangan gaz subsidiyasi olti oyda to‘lab bo‘lindi

    Iqtisodiyot | 4 avgust, 23:00

    “Manchester Yunayted” Vinisius uchun “Real”ga 200 mln yevro taklif qilishga tayyor

    Sport | 4 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.