Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda asosiy e’tibor ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalasiga qaratilgan.
Shuningdek, yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha aniq loyihalarni ilgari surish ishlari ham muhokama qilingan.
Izoh (0)