6-noyabr kuni soat 08:56 da Buxoro viloyati Peshku tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Zilzila koordinatalari: 40,74 gradus shimoliy kenglik; 63,63 gradus sharqiy uzunlik. Magnitudasi 4 ga, chuqurligi 15 kilometrga teng.
Zilzila episentri Toshkentdan 472 kilometr janubi-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Peshku tumanida 4 ball, 26 kilometr;
- Shofirkon tumanida 2-3 ball, 66 kilometr;
- Konimex tumanida 2 ball, 90 kilometr;
- Jondor tumanida 2 ball, 91 kilometr;
- Romitan tumanida 2 ball, 95 kilometr.
Izoh (0)