Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida MCHJ rahbari kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “R.1” MCHJ rahbari O.V. tijorat banki filialidan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini rivojlantirish uchun ajratilgan 400 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini “B.a.” xususiy korxonasiga o‘tkazish orqali boshqa maqsadlarda sarflab, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)