• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” kundaligida 1-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 1-noyabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Putin Ukrainadagi obyektlarga zarbalar Sevastopoldagi teraktga javob bo‘lganini aytdi

    Ukrainadagi energetika obyektlariga zarbalar “qisman” Sevastopoldagi teraktga javob hisoblanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston va Ozarbayjon yetakchilari bilan muzokaralardan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

    “Qisman shunday. Ammo bu biz qilishimiz mumkin bo‘lgan narsalarning hammasi emas”, — dedi Putin 31-oktabr kuni Ukraina hududidagi obyektlarga zarbalarni Ukraina qurolli kuchlarining Sevastopoldagi hujumlariga javob deb hisoblash mumkinmi? — degan savolga javoban.

    29-oktabrga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari havo va dengiz dronlari Sevastopol ko‘rfazida Qora dengiz floti va fuqarolik kemalariga hujum qildi. Shahar gubernatori Mixail Razvojayev dronlarning barchasi yo‘q qilinganini, fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetmaganini va jabrlanganlar yo‘qligini bildirdi. Shu bilan birga, Rossiya Mudofaa vazirligi “Ivan Golubets” kemasi zarar ko‘rganini ma’lum qildi.

    Shuningdek, muassasaga ko‘ra, dronlar hujumiga uchragan kemalar “don bitimi” doirasida dengiz yo‘lagi xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etgan. Shundan keyin Rossiya ushbu bitimdagi ishtirokini to‘xtatishga qaror qildi.

    Ayni vaziyatda Putin Rossiya Ukraina bilan muzokaralar borasida o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmasligini aytgan

    Rossiyaning Kiyev bilan muzokaralar bo‘yicha pozitsiyasi ikkilanishlar va o‘zgarishlarga uchramaydi, Moskva muloqot davom ettirilishini kutmoqda, degan Rossiya prezidenti

    “Nuqta qo‘yilgan”. Kreml safarbarlikni yakunlash uchun prezident farmoni shart emasligini ma’lum qildi

    Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyada “qisman safarbarlik”ni yakunlash uchun prezidentning maxsus farmoni shart emasligini aytdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

    Sizga shuni ma’lum qilamizki, farmonga ehtiyoj yo‘q, bizda bu borada prezident administratsiyasi davlat-huquqiy boshqarmasining xulosasi bor. Shunga ko‘ra, nuqta qo‘yildi, qisman safarbarlik tugatildi. Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy komissarliklarga safarbarlik to‘xtatilgani, bundan keyin hech qanday chaqiruv qog‘ozi yubormaslik va hokazolar yuzasidan tegishli telegrammalar yuborilgan, — dedi Peskov.

    “Qisman safarbarlik” to‘g‘risidagi tegishli farmon o‘z kuchida qoladimi va uning asosida Rossiya hukumati safarbarlikning yangi bosqichini boshlashi mumkinmi, degan aniqlashtiruvchi savolga javob berar ekan, Peskov shunday dedi: “Yo‘q, axir u yerda raqamlar (safarbar qilinadiganlar soni) qat’iy belgilangan — mos ravishda 300 ming kishigacha deyilgan, bu farmonning ijrosi ta’minlandi”.

    31-oktabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi chaqiruv qog‘ozlari yuborishni to‘xtatishini e’lon qilgandi. Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya rahbari Putinga safarbarlik tadbirlari tugagani haqida 28-oktabr kuni hisobot bergan.

    Shoyguning bayonotlariga qaramay, Rossiyaning turli hududlaridan odamlarga chaqiruv qog‘ozlari kelishda davom etayotgani haqida xabarlar kelib tushgan. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni harbiy komissariatlarning “muayyan inersiyasi” bilan izohlagan edi.

    Britaniya razvedkasi: Rossiya “Kinjal” raketalarini Belarusga joylashtirgan bo‘lishi mumkin

    Belarus poytaxti Minsk ostonalaridagi Machulishchi aerodromida Rossiyaning ikkita MiG-31 samolyotlari va bir konteyner qayd etilgan, u, katta ehtimol bilan, “Kinjal” gipertovushli raketalarni saqlash uchun qo‘llaniladi. Bu haqda Buyuk Britaniya razvedkasi 1-noyabr kuni e’lon qilgan hisobotda aytiladi.

    Hisobotda 17-oktabr kuni olingan, Rossiya qiruvchisi aks etgan suratni ham e’lon qildi. Unda ikkita MiG-31 samolyotini hamda Kinjal raketalari bor deb taxmin etilayotgan, tuproq devor bilan to‘silgan katta konteynerni ko‘rish mumkin.

    Bu raketalarni Rossiya 2018-yildan buyon qo‘llab keladi, ammo shu paytgacha ularni Belarusga joylashtirmagan edi. Rossiya “Kinjal” raketalaridan Ukrainaga qarshi urushda foydalangan, ammo ularning zaxiralari cheklangan bo‘lishi mumkin.

    Razvedkachilar fikricha, “Kinjal”lar Belarusga 2000 km masofaga joylashtirilgani tufayli, ular Rossiya uchun Ukrainaga qarshi urushda ko‘p imtiyoz bermaydi.

    Moskva bu raketalarni G‘arbga signal berish va Belarusni urushdagi sherigi sifatida namoyish qilish uchun u yerga joylashtirgan bo‘lishi ham mumkin, deydi Britaniya razvedkasi.

    Shimoliy Koreya AQSHni yadroviy urushga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi

    Janubiy Koreya va AQSHning muntazam harbiy mashg‘ulotlari fonida Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi Vashingtonni KXDRga qarshi yadro urushiga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda va Koreya yarimorolidagi vaziyatni atay keskinlashtirishda aybladi. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

    Pxenyan AQSHning KXDRga nisbatan Koreya yarim orolidagi vaziyatni keskinlashtirish bo‘yicha ayblovlarini “bema’ni” deb hisoblamoqda. “Agar AQSH baribir jiddiy harbiy provokatsiyaga qo‘l ursa, biz yanada jiddiyroq javob choralarini ko‘rib chiqamiz”, — deya so‘zini yakunladi Shimoliy Koreya TIV vakili.

    Avvalroq AQSH va Janubiy Koreya qariyb besh yil ichida birinchi keng ko‘lamli qo‘shma Vigilant Storm havo mashg‘ulotlarini boshlagan edi.

    Ushbu mashg‘ulotlar Shimoliy Koreya tomonidan bir qator raketalar uchirilganidan so‘ng, qolaversa, Pxenyan yaqin orada yadroviy sinov o‘tkazishi mumkinligi haqidagi xavotirlar fonida amalga oshirilmoqda.

    “Qisman mobilizatsiya e’lon qilinsa, vatanni tashlab ketayotgan yuz minglab erkaklar holati masalani jiddiy ekanini yana bir marta ko‘rsatyapti” — Iqbol Mirzo maktablarda CHYT fanini o‘qitish haqida

    1-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida Xalq ta’limi vaziri tomonidan parlament so‘roviga yuborgan javobi ko‘rib chiqildi. Unda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shu jumladan, o‘rta ta’lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etilgan.

    Yig‘ilishda mazkur masala yuzasidan Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Iqbol Mirzo fikr bildirdi:

    Men o‘ta jiddiy masalaga diqqatlaringizni tortishni istardim. Biz Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashida faoliyat olib borgan paytimizda aynan shu masalani ko‘p o‘rganganmiz. Chunki vatanning mudofaasi maktabdagi tarbiya bilan bog‘liq bo‘ladi.

    Maktablarimizda 5-6 yil oldin sharoitlar juda yomon edi, lekin hali ham keskin yaxshilangani yo‘q. Prezidentimiz — Oliy bosh qo‘mondon katta islohotlarni qilib berdilar. Ayniqsa, mutaxassis o‘qituvchilar yetishmasdi. O‘qituvchilarda oylik masalasida ham muammolar bor edi.

    Harbiy xizmatdan bo‘shagan ofitserlarni dars berishga jalb qilish to‘g‘ri yechim bo‘ldi. Lekin hali ham bor-yo‘g‘i 3 foiz maktablarimizda o‘quv mashq miltiqlari bor.

    Qisqa qilib aytadigan bo‘lsam, ushbu masalaga jiddiy qarab, nazoratini olib borish kerak. Amir Temurning mashhur gaplari bor: “Agar tinchlikni istasang, urushga tayyor tur”. Bugun sobiq sho‘ro hududida bo‘layotgan voqealar qisman mobilizatsiya e’lon qilinsa, vatanni tashlab ketayotgan yuz minglab erkaklar holati masalani jiddiy ekanini yana bir marta ko‘rsatyapti.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining spikeri Nurdinjon Ismoilovning aytishicha, ushbu masala parlament tarixida birinchi marotaba ko‘tarilmoqda.

    02.11.2022, 00:05   Izoh (0)   24271
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ulug‘bek Qurbonov Sardor Umurzoqovga o‘rinbosar etib tayinlandi

    01.11.2022, 23:54

    Qo‘qonda temir seyfdan 13 mln so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ayol ushlandi

    01.11.2022, 23:37

    DXX akademiyasiga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

    01.11.2022, 23:00

    Andijonda tadbirkorning qariyb 500 mln so‘mlik mahsulotlarini qo‘lga kiritgan shaxslar ushlandi

    01.11.2022, 22:48

    O‘zbekistonda 2025-yilgacha davlat ishtirokidagi korxonalar sonini 75 foizga qisqartirish rejalashtirilgan

    01.11.2022, 21:36

    Andijonda MCHJ rahbari soxta hujjat orqali 10 mlrd so‘m kreditni qo‘lga kiritgani aniqlandi

    01.11.2022, 21:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.