• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Konstitutsiyaga rioya etilishini kim ta’minlaydi?!

    Konstitutsiyadagi normalar jamiyatdagi muhim muammolarni to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solsagina, inson manfaatlariga xizmat qilsagina, uning yuridik kuchi e’tirof etiladi.

    Konstitutsiyaviy islohotlarning eng muhim maqsadlaridan biri ham xalqning Konstitutsiyaga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda konstitutsiyaviy yo‘l bilan ularning hayotiy muammolarini hal etishdir.

    Tabiiy savol tug‘iladi: Konstitutsiya normalariga rioya etilishining nazorati qaysi davlat organi va idoralari tomonidan amalga oshiriladi? Nazarimizda, mazkur savolga javobni jamiyat desak, mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki bu vazifani amalga oshirish faqatgina vakolatli organlar emas, deylik Konstitutsiyaviy sud, ijro hokimiyati va boshqa vakolatli idoralar zimmasidagina emas, qolaversa, bevosita fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari ham bunga birdayin mas’ulligini his qilishlari lozim.

    Xabaringiz bor, 2018 yil 12 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan edi. Mazkur qonunning asosiy maqsadi ham davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

    Ushbu qonunda davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar, jamoatchilik muhokamasi; jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik fikrini o‘rganish kabi jamoatchilik nazoratining yangi shakllari mustahkamlab qo‘yildi. Bu, albatta, konstitutsiyaviy qoidalarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashda ham muhim mezon bo‘lib xizmat qiladi.Esingizda bo‘lsa, davlatimiz rahbari Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolarning yangi konstitutsiyaviy norma va prinsiplarga og‘ishmay amal qilishi, Konstitutsiya to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan hujjat bo‘lishi shartligi, davlat organlari, ayniqsa, sudlar o‘z faoliyatida Konstitutsiyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishi, uning normalariga asoslanib ish ko‘rishi zarurligiga alohida e’tibor qaratgan edi.

    Bu borada bevosita vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sud faoliyatining huquqiy asoslari Konstitutsiyaning 108- va 109-moddalari hamda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. 2021 yil 27 aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi yangi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.

    Mazkur qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli demokratik islohotlar, inson huquqlari va qonunchilikni liberallashtirish g‘oyalariga muvofiq bo‘lib, bir qator prinsipial yangiliklar kiritilishi bilan bog‘liqdir.

    Qonunning muhim yangiliklaridan biri – fuqarolar va yuridik shaxslarga konstitutsiyaviy huquqlari buzilgani yuzasidan shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqining berilishi bo‘ldi. Agar qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning fikricha, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq kelmasa hamda sudda ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan bo‘lsa va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, ular qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqlidir.

    Qolaversa, Konstitutsiyaviy sud qarorlarining turlari va ularni qabul qilish, e’lon qilish va kuchga kiritish tartibi hamda qarorning yuridik kuchi to‘g‘risida normalar qonunda o‘z aksini topgan. Konstitutsiyaviy sud qarori qat’iy va uning ustidan shikoyat qilish mumkin emas. Konstitutsiyaviy sud qarori bilan Konstitutsiyaga muvofiq emas, deb topilgan normativ-huquqiy hujjat yoki uning muayyan qismi o‘zining amal qilishini tugatadi. Davlat organlari Konstitutsiyaga muvofiq emas, deb topilgan normativ-huquqiy hujjat asosida qabul qilgan o‘z qarorlarini bir oydan kechiktirmay qayta ko‘rib chiqishlari shartligi belgilab qo‘yildi.

    Konstitutsiyaviy sud faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan yana biri qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini o‘rganish hisoblanadi. E’tibor qaratsak, 2021 yilda Konstitutsiyaviy sud tomonidan 1 063 ta normativ-huquqiy hujjat o‘rganib chiqilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 67 ta qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 67 ta farmoni, 227 ta qarori, 11 ta farmoyishi, Vazirlar Mahkamasining 574 ta qarori, Bosh prokurorning 28 ta buyrug‘i, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 89 ta qarori Konstitutsiyaga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganib, tahlil qilingan va yakunda tegishli qarorlar qabul qilingan.

    Yoki shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, avvalgi yillarda Konstitutsiyaviy sudga bir yilda o‘rtacha 800-1000 ta murojaat kelgan bo‘lsa, yangi qonun qabul qilinganidan keyin murojaatlar soni 1,5 mingga yetgan. Shundan Konstitutsiyaviy sudning vakolatiga taalluqli murojaatlar 127 ta (16 foiz)ni tashkil qiladi. Ular qonunga binoan ko‘rib chiqildi, qolganlari Konstitutsiyaviy sudga tegishli bo‘lmagani uchun murojaatlar mualliflariga asoslantirilgan tushuntirishlar berilgan yohud tegishli tashkilotlarga yuborilgan.

    Darhaqiqat, Konstitutsiyadagi normalar ularni qo‘llash tartibini belgilovchi va rivojlantiruvchi alohida qonunchilik hujjatlarining mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi lozim. Bu orqali fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan huquqlarini himoya qilish uchun asosiy huquqiy himoyani kafolatlab beradi.

    Misol uchun, joriy yilning fevral oyida Adliya vazirining Oliy Majlis Senati navbatdagi yalpi majlisida 2021 yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axborotida qayd etilganidek, 2021 yil davomida vazirlikka huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun 2 554 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi kelib tushgan. Ulardan 88 foizi (2 246 ta) huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan va 12 foizi (308 ta) ekspertiza o‘tkazilmasdan qaytarilgan. Loyihalarning 640 tasi (28 foizi) e’tirozlar bilan qaytarilgan. Bu, albatta, mamlakatda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini, normativ-huquqiy hujjatlarning hayotiyligini ta’minlashda muhim yuridik xizmat desak, xato qilmagan bo‘lamiz.

    Xulosa o‘rnida aytish lozimki, har bir fuqaro kundalik hayotida, o‘z haq-huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda Konstitutsiyamizdan kuch-quvvat olib harakat qilishi, unga tayanishi lozimligini anglashi lozim. Negaki, Konstitutsiya barcha qonun hujjatlarining eng yuqorisida turuvchi Asosiy qonun ekanini hayotlarida his qilishlari lozim.

    Sherzod Zulfiqorov,O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professori, ekspert guruhi a’zosi

    31.10.2022, 16:37   Izoh (0)   7031
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    31.10.2022, 16:25

    O‘zbekistonda 9 oyda 2,6 mln tonna kartoshka yetishtirildi

    31.10.2022, 16:23

    BAAning Etihad Airways aviakompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkin

    31.10.2022, 15:47

    “O‘zbekneftgaz”: Ernst & Young xalqaro auditorlik kompaniyasidan 2022-yil 1-yarim yillik uchun ijobiy auditorlik xulosasi olindi

    31.10.2022, 15:30

    Shavkat Mirziyoyev Germaniya tashqi ishlar vaziri hamda BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri bilan uchrashuv o‘tkazadi

    31.10.2022, 14:49

    O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi avtoyo‘l o‘tkazish punkti 1,5 yilga yopiladi

    31.10.2022, 14:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55

    Buxoroda YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:45

    Rossiya qo‘shnisiga hamla qilgan kun: Yevropaning XXI asrdagi ilk urushiga 17 yil to‘ldi

    Dunyo | 8 avgust, 21:35

    Xorazmda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.