Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,10 so‘mga pastlab, 11 169,38 so‘mni tashkil qildi. Yevro 18,87 so‘mga pastlab, 11 110,18 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,03 so‘mga tushib, 181,25 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket to‘rt kun ko‘tarilib, 11 180,48 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi tushgandi.
Izoh (0)