Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eronda Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) polkovniki o‘ldirib ketildi, voqea 25-oktabr kuni mamlakat janubi-sharqidagi Zaxedan shahrida, Eron Belujistoni poytaxtida yuz bergan. Bu haqda Eronning Tasnim axborot agentligi xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

IIPK ofitseri, polkovnik Mullashohiy “Basij” tashkiloti komandirlaridan biri Javad Kiha bilan birga mashina ichida o‘tirgan vaqtida o‘ldirib ketilgan. Rejimning harakatchan piyoda askarlaridan iborat ushbu bo‘linmasi Eronda so‘nggi 15 yil davomida hukumatga qarshi namoyishlarni shafqatsizlik bilan bostirishda ayblanib keladi.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Eron kamikadze dronlarining Rossiyaga yetkazib berilishi uchun ham shu odamlar mas’ul bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil samolyotlari Damashq yaqinidagi Eron dronlarini yig‘ish liniyasiga hujum qilgan edi.

Shuningdek, Isroil Ukraina harbiylariga Eron dronlariga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan razvedka ma’lumotlarini taqdim etgani ma’lum bo‘lgandi.

Eron dronlari atrofidagi mojaro

The Washington Post nashri da’vo qilishicha, Rossiya Federatsiyasi, go‘yoki, Eron bilan qurol-yarog‘ yetkazib berish haqida yangi kelishuvlar imzolagan, ular doirasida Rossiya qo‘shinlari birinchi marta “yer-yer” sinfidagi Eron ballistik raketalari va uchuvchisiz uchar qurilmalar partiyasini qabul qilib oladi.

Avgust oyida Eron Rossiyaga jangovar dronlarning birinchi partiyasini yuborgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.

Sentabr oyida Rossiya kuchlari Ukrainaning orqa shaharlariga hujum qilish uchun Shahed-136 kamikadze-dronlaridan ommaviy ravishda foydalanishni boshlagan.

20-oktabr kuni Yevroittifoq Eronning dron ishlab chiqaruvchi Shahed kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Rossiyaning BMTdagi missiyasi G‘arb mamlakatlari ma’lumotlarini dezinformatsiya kampaniyasi hamda Moskva va Tehronga bosim o‘tkazish uchun to‘qib chiqarilgan bahona deb atadi. Eronning BMTdagi doimiy vakili Amid Said Iravaniy ham dronlar yetkazib berilayotgani haqidagi ayblovlar asossiz ekanini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi
Mahalliy
“2022-yilda uy-joy narxlari ikkilamchi bozorda 28 foizga, aholi real daromadi esa 9 foizga oshdi” – Markaziy bank raisi