Andijon shahrida garovga qo‘yilgan mulkni sotib yuborgan firibgar aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro Sh.S. hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga sotib olingan Malibu-2 avtotransport vositasini garovga qo‘ymasdan, boshqa shaxsga 28 ming dollarga sotib yuborgani aniqlangan. Oqibatda u bank manfaatlariga 220,7 million so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)