Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ning asosiy tarkibiga qaytadi.
37 yoshli futbolchi “Tottenhem”ga qarshi o‘yin yakunlanmasdan kiyim almashtirish xonasiga yo‘l olgan edi. Buning uchun Ronaldu mashg‘ulotlardan chetlatilib, jarimaga tortilgandi.
Portugaliyalikning tarkibga qaytish masalasi bosh murabbiy Erik ten Hag bilan suhbatdan so‘ng hal bo‘ladi.
Ten Hag o‘z fikridan qaytgani yo‘q — u Krishtianuni asosiy tarkib futbolchisi emas, o‘yinni kuchaytiruvchi vazifasida ko‘radi. Mutaxassis Ronaldu bilan u har bir o‘yinning asosiy daqiqalaridan maydonga tushmaslikka tayyor yoki tayyor emasligi haqida suhbatlashadi.
Agar Krishtianu bunga rozi bo‘lib, o‘z axloqi uchun uzr so‘rasa, asosiy tarkib mashg‘ulotlariga qaytadi, deya xabar beradi The Athletic.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)