Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ni muddatidan avval tark etishi mumkin. Futbolchi klub bilan shartnomani bekor qilishi ehtimoli mavjud.
Bu haqida portugaliyalik insayder Pedru Almeyda xabar bermoqda. Futbolchining ushbu qarorni qabul qilish ehtimoli oshib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Tottenhem”ga qarshi bahsda zaxirada qoldirilgan Ronaldu uchrashuv yakunlanmasidan kiyinish xonasiga ravona bo‘lgan.
“Manchester Yunayted” ustozi Erik ten Hag futbolchini jamoaviy mashg‘ulotlardan ma’lum muddatga chetlatgan va “Chelsi”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmagan.
37 yoshli hujumchi joriy mavsum APLda 8 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)