Qashqadaryoda mahkum 500 million so‘m qalbaki pul bosib chiqargani aniqlangani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti holatga aniqlik kiritdi.
Tarqalgan xabarlarda 12-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Koson tumanida yashovchi fuqaro Turdiyev 500 million so‘m qalbaki pulni 125 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgani, u qalbaki pullarni 4 mintaqaviy hudud 34 son manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum G‘aybullayevdan uning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandi orqali olgani aytilgan.
Olib borilgan surishtiruv davomida yuqoridagi holatga 34-son manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tab kelayotgan mahkum Sh.G‘aybullayev ham ushbu guruh a’zolariga koloniyada turib telefon orqali aloqada bo‘lib, yetakchilik qilgani aniqlangani sababli Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qashqadaryo viloyat Qarshi shahar bo‘limining 12-oktabrdagi aloqa xatiga asosan, Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) 2-qismi “v” bandi, 176-moddasi 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etilgan.
Mahkumga nisbatan Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) qo‘llanilgan.
Izoh (0)