• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Pelin Karaxan — “Muhtasham yuz yil” serialidagi Mehrimoh rolini ijro etgan aktrisa haqida 10 ta qiziqarli fakt

    “Muhtasham yuz yil” serialida sulton Sulaymon va Xurram sultonning qizi Mehrimoh rolini gavdalantirgan Pelin Karaxan turk kino olamida o‘z o‘rniga ega aktrisalardan biri hisoblanadi. “Lisa.ru” nashri aktrisaninig hayoti va ijod yo‘li haqida ma’lumot berdi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Otasiz voyaga yetgan aktrisa

    Aktrisa Pelin Karaxan Anqarada kino olami bilan aloqasi bo‘lmagan oddiy oilada tug‘ilgan. Pelinning ota-onasi u sakkiz oylik bo‘lganida ajrashgan. Bo‘lajak aktrisaning tarbiyasi bilan faqat onasi shug‘ullangan.

    “Otasiz o‘sganimga qaramay, menda erkinlik yetarli edi. Onam bilan barcha qayg‘u va muammolarni birga boshdan kechirdik. Keyinroq onam yana turmushga chiqdi va singlim dunyoga keldi. Avvallari ajrashgan, yolg‘iz o‘zi bolalarini tarbiyalayotgan ayolga boshqacha qaralar edi. Bunday ayol va uning bolalari o‘sha paytda nochor va himoyasiz hisoblangan. Onam hech qayerda o‘qimagan bo‘lsa ham, uzoq vaqt interyer dizayneri bo‘lib ishladi. Biz moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirdik ”, — deydi aktrisa.

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    Turizm bo‘yicha mutaxassis

    Karaxan maktabni tugatgach, universitetga o‘qishga kirdi, biroq u ijodiy mutaxassislikni tanlamadi, ya’ni aktrisa turizm va mehmonxona biznesini o‘rgana boshladi. Aktrisa bu sohada diplom ololmaydi, chunki u kinoga qiziqib qoladi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Universitetdagi ish

    Pelin avval universitetda ishlashi, talabalarga dars berishi kerak edi. Dastlab uning kino sohasiga kirishi qiyin bo‘lgan. U o‘z faoliyatini moda bo‘yicha jurnallar va reklamalarda suratga tushishdan boshlagan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Psixologga bo‘lgan ehtiyoj

    Aktrisa “Orzu qiluvchilar” seriali orqali mashhurlikka erishdi. Serialni suratga olish jarayonlari besh yil davom etgan va uch yildan keyin Pelin o‘zining kimligini — Pelinmi yoki Aslimi tushunmay qoldi. Aktrisa o‘zini tushunish uchun psixologga murojaat qilishi kerak edi.

    “Men uzoq vaqt ishlashim kerak edi. Tushkunlikka tusha boshladim, psixologik muammolarim bor edi. Men psixologga murojaat qila boshladim. Qahramonimning ismi Asli edi. Serial muxlislari meni ko‘chada ko‘rib, menga emas, Asliga murojaat qilishdi. Men kimligim haqida o‘ylay boshladim”, — deb shikoyat qilgan Karaxan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Mashhurlik keltirgan rol 

    Aktrisa 2011-yilda “Muhtasham yuz yil” serialida rol o‘ynay boshladi, bu esa aktrisaning butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishishiga sabab bo‘ldi. Ko‘p qismli tarixiy serialda aktrisa sulton Sulaymonning va uning rafiqasi Xurram sultonning yagona va sevimli qizi Mehrimoh rolini ijro etdi. Mehrimoh oilasi uchun va onasining talabiga binoan, o‘zi yoqtirmagan Rustam Poshoga turmushga chiqishi kerak edi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Birinchi turmush

    Turk kino yulduzining birinchi turmush o‘rtog‘i fitnes va pilates bo‘yicha murabbiy bo‘lgan. Juftlik Barselonada dabdabali to‘y qilishgan va ularning fotosuratlari ko‘plab turk jurnallarining muqovalarida chiqqan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Ajralish

    Biroq bu turmush qisqa umr ko‘rdi va tez orada juftlik ajrashayotgani ma’lum bo‘ldi. Ayriliq Karaxanning xiyonati tufayli bo‘lgan, degan mish-mishlar tarqalgan. Biroq aktrisa bu taxminlarning barchasini rad etgan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Aktrisaning ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan uchrashuvi 

    Pelin 2014-yilda biznesmen Bedri Gyuntoyga turmushga chiqdi. Juftlik sport klubida uchrashgan: Bedri aktrisaning do‘stlari bilan qaysi tizza fiksatorlarini sotib olish haqida maslahatlashganini eshitib qoladi. U Karaxanning telefon raqamini topib, unga qo‘ng‘iroq qiladi, uchrashishni taklif qiladi va uchrashuvda u o‘sha tizza fiksatorlarini aktrisaga sovg‘a qiladi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Baxtli turmush

    Keyinchalik aktrisa Gyuntoyda o‘zi izlagan insonni ko‘rganini aytgan. Bugungi kunda juftlik juda baxtli va ularning ikki o‘g‘il farzandi bor.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Eng yaxshi narsalarga ishonish

    Pelinning tan olishicha, u har doim muvaffaqiyatli martaba va shaxsiy hayotga ega bo‘lishini bilgan. U bunga juda qattiq ishongan va bu niyati amalga oshgan.

    “Menga g‘amxo‘rlik va himoya qiladigan insonni qidirdim. Bunday inson bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lganimda, uni yo‘qotishni xohlamadim. Ota-onasi ajrashgan ko‘plab bolalar turmush qurish ularni baxtli qilishiga ishonmaydi. Biroq menda buning aksi bo‘lgan. Bolaligimdan oilam bo‘lishini xohlardim”, — dedi aktrisa.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Mavzuga doir: 

    • “Muhtasham yuz yil” yulduzi Pelin Karaxan: “10 kiloga ozish qiyin emas”.
    • “Muhtasham yuz yil” dagi Mehrimoh — Pelin Karaxanning uch qavatli koshonasiga sayohat (foto).

    20.10.2022, 19:47   Izoh (0)   28658
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ko‘p pul topish yoki xaridlarni kamaytirish kerak. Men hozircha ikkinchisini tanlaganman”. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nodira Mahmudova bilan suhbat

    20.10.2022, 16:47

    Rossiyalik aktrisa Anna Bolshova mashinasida urib yuborgan ayol kasalxonada vafot etdi

    20.10.2022, 15:33

    Deniel Redkliff “Garri Potter” filmida supurgida uchish qo‘rquvini Kameron Diasning surati yordamida yenggan

    20.10.2022, 14:53

    Gollivud aktrisalari filmdagi qahramonlari bilan bir xil yoshda qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)

    20.10.2022, 13:03

    Rolini mukammal o‘ynash va tomoshabinlarni xursand qilish uchun hamma narsaga tayyor bo‘lgan aktyor va aktrisalar (foto)

    20.10.2022, 10:50

    Instagram: Dilso‘z va Farrux Raimov yarashib oldi, Dubayda orzusi ushalgan sariq bola, Samarqanddagi to‘yda ustidan pul sochilgan Asilbek

    19.10.2022, 22:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.