• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Rolini mukammal o‘ynash va tomoshabinlarni xursand qilish uchun hamma narsaga tayyor bo‘lgan aktyor va aktrisalar (foto)

    Ba’zi filmlarni qayt-qayta tomosha qilsak ham zerikmaymiz. Qiziqarli sujet va iste’dodli aktyorlik shunchalik maftun etadiki, suratga olish guruhining ulkan ishlari haqida o‘ylamaymiz ham. Ammo ba’zida aktyor va aktrisalar o‘z vazifalarini a’lo darajada bajarish va tomoshabinlarni hayratda qoldirish uchun haqiqiy sinovlardan o‘tadi.

    Natalya Seleznyova, “I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari”

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Ko‘pchilik Leonid Gayday komediyasidagi Lida ishtaha bilan sosiska yegan kadrni eslasa kerak. Mazkur kadr rejissor xohlaganidek chiqishi uchun aktrisa 20 ga yaqin sosiska yeyishiga to‘g‘ri kelgan. “Shundan keyin 2 yilgacha sosiska yemadim, ularga qaragim ham kelmasdi”, — deb eslaydi Natalya Seleznyova.

    Natalya Tenyakova, “Sevgi va kabutarlar”

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Shura kampir rolini o‘sha paytda 38 yoshda bo‘lgan Natalya Tenyakova ijro etgan. Aktrisa nafaqat kampir roliga rozi bo‘ladi, balki go‘zalligini ham qurbon qiladi: makiyaj tufayli uning yuz terisiga zarar yetadi.

    Natalyani qari ko‘rsatish uchun uning yuzi maxsus plyonka bilan qoplangan bo‘lib, har suratga olish kunining oxirida ko‘chirib tashlash kerak edi. Qurigan plyonka terini qattiqlashtirganligi sababli aktrisaning yuziga ko‘plab ajin tushishiga sabab bo‘ladi.

    Andrey Mironov, “Italyanlarning Rossiyadagi g‘aroyib sarguzashtlari”

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Filmda ba’zi tryuklarni Mironovning o‘zi ijro etgan. U “Astoriya” mehmonxonasidan qochib ketish sahnasi suratga olinayotganda o‘t o‘chirish mashinasi zinapoyasidan “Jiguli” tomiga ko‘tarilib, gilamga tushadi.

    Rejissor Eldar Ryazanov hatto aktyorni buzilgan ko‘prikning chetiga 30 metr balandlikka osib qo‘yishga ko‘ndirgan. Kadrda Andrey Mironovning haqiqiy his-tuyg‘ularini ko‘rish mumkin. Yana bir kadrda u sherni italiyaliklardan chalg‘itishi kerak edi. Aktyor xavfli sahnadan voz kechishi mumkin edi, lekin u obrazi ishonarli bo‘lishi uchun bu zarurligini tushunadi va qo‘rquvini yenga oldi.

    Yuriy Yakovlev, “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling”

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Yuriy Yakovlev qahramonining mashhur iborasi: “Oh, iliqqina ekan” improvizatsiya bo‘lgan. Gap shundaki, kinostudiyada issiq suv bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan va aktyor yarim soatcha muzdek suv ostida turishiga to‘g‘ri kelgan. To‘satdan issiq suv kelganida, Yakovlev shu qadar hayratda qoladiki, so‘zlar o‘z-o‘zidan kela boshlaydi.

    Ushbu kadrni suratga olish aktyorning sog‘lig‘iga ta’sir qiladi. Yakovlev qattiq shamollab qoladi: isitmasi ko‘tariladi va tomog‘i og‘riydi, natijada u 2 kungacha filmda suratga tusha olmaydi.

    Oleg Basilashvili va Lyudmila Gurchenko, “Ikki kishilik vokzal”

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    “Ikki kishilik vokzal” (1983) melodramasining so‘nggi sahnalaridan birida bosh rol ijrochilari Oleg Basilashvili va Lyudmila Gurchenko qor kechib, yugurishlari kerak edi — mazkur kadr 28 daraja sovuqda suratga olingan va hatto aktyorlar hojatxonaga ham borolmagan.

    Qalin qor tufayli kinokameralar uchun relslardan foydalanishning imkoni bo‘lmagan, shuning uchun operator uskunasi chanaga o‘rnatilgan, uni butun suratga olish guruhi, shu jumladan rejissor Eldar Ryazanov ham sudrab yurgan.

    Spartak Mishulin, “Cho‘lning oq quyoshi”

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Suratga olish maydonchasida Spartak Mishulinni boshigacha qumga ko‘mishadi. Aktyor quyosh tikkaga chiqib, qumni qizdirishini kutishi kerak edi. Mishulinning yonoqlari va peshonasiga murabbo surkalgan va u tomon ilonlar qo‘yib yuborilgan. Operator rejalashtirganidek, bu azoblarning barchasi filmga realizm qo‘shishi kerak edi.

    Tanaffus paytida ham Spartak bir soat davomida issiq qumda jamoani kutadi, lekin bu safar soyabon ostida. Sahnani bir necha marta qayta suratga olishga to‘g‘ri kelgani bois suratga olish ishlari 3 kun davomida ertalabki 5 dan kechgacha davom etadi.

    Dmitriy Iosifov, “Buratino”

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Dmitriy Iosifov har kuni bir yarim soat yasama burun qo‘yishlarini kutish kerakligini eslaydi. “Avvaliga ular menga qandaydir rezina tayoq yopishtirishdi, keyin esa Italiyadan maxsus olib kelingan ko‘pikli plastmassaga o‘tishdi”, — deb eslaydi aktyor. Qolaversa, suratga olish jarayonida havo issiq bo‘lib, bolaning yuzi terlab, burni makiyaj ostida qattiq qichishgan.

    Diqqat bilan qarasangiz, filmning boshida Buratinoning burni uzunroq bo‘lib, oxiriga kelib sezilarli darajada qisqarganini ko‘rish mumkin. Gap shundaki, bola bunday uzun burun tufayli zo‘rg‘a gapirardi. “Judayam uzun burun menga harakat qilishimga, jilmayishimga, qovog‘imni solishimga va shunchaki gaplashishga xalaqit berardi”, — deydi Dmitriy Iosifov intervyusida.

    20.10.2022, 10:50   Izoh (0)   20775
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Dilso‘z va Farrux Raimov yarashib oldi, Dubayda orzusi ushalgan sariq bola, Samarqanddagi to‘yda ustidan pul sochilgan Asilbek

    19.10.2022, 22:56

    Mashhur filmlardagi qahramonlariga umuman mos tushmagan aktyor va aktrisalar (foto)

    19.10.2022, 19:47

    Kerakli narsalarnigina xarid qiling, kino o‘rniga kitobni tanlang: Dunyodagi eng badavlat insonlarning sizni hayratda qoldiradigan odatlari

    19.10.2022, 17:39

    “Yalindik, yolvordik, lekin ular qo‘limizdagi hamma narsani tortib olishdi”. Yulduz Rajabova onasi bilan bog‘liq ayanchli voqea haqida so‘zlab berdi (video)

    19.10.2022, 14:55

    Mukammal juftlik: prezidentlar va birinchi xonimlarning bir-biriga uyg‘un betakror obrazlari (foto)

    19.10.2022, 11:54

    Instagram: Yulduz Usmonovaning Dilso‘zga nasihati, Dilnoza Kubayeva xonadonida fotiha to‘yi, Sitora Farmonovaga atalgan prank

    18.10.2022, 23:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyada to‘ti narkotik savdogarlarini tutishda yordam berdi (video)

    Dunyo | 7 avgust, 16:57

    Isroil Misrga 35 milliard dollarlik tabiiy gaz sotadi

    Dunyo | 7 avgust, 16:22

    O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 16:18

    “Liverpul” “PSJ” futbolchisi uchun 100 mln yevro to‘lashga tayyor

    Sport | 7 avgust, 16:07

    Fransiya memorial yodgorlik yonida sigaret tutatgan erkakning fuqaroligini bekor qildi

    Dunyo | 7 avgust, 16:05

    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

    Reklama | 7 avgust, 15:00

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    Layfstayl | 7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 7 avgust, 15:45

    O‘zbekistonda yil boshidan buyon 1,8 ming haydovchi 100 mln so‘mdan ortiq daromad oldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 15:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.