• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Har bir sohada qashshoqlikni qisqartirish dasturlari bo‘lishi kerak” — Oksford universiteti professori bilan O‘zbekistonda kambag‘allik va uni yengish choralari to‘g‘risida suhbat

    Buyuk Britaniyadagi Oksford universitetining kambag‘allikka qarshi kurashish va inson taraqqiyoti tashabbusi direktori Sabina Alkire BMTning O‘zbekistondagi vakilining yordamchisi Shahnoza Zafariga intervyu berdi. Suhbatda kambag‘allik va uni qisqartirish masalasida so‘z borgan. “Daryo” Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Telegram-kanalida e’lon qilingan videosuhbat matnini taqdim etadi.

    Foto: wiki2.org

    Foto: wiki2.org

    Ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni baholash nima uchun muhim?

    Odatda biz kambag‘allikni pul, daromad yoki iste’mol ko‘rsatkichlari orqali o‘lchaymiz va darhaqiqat, bular juda muhim ko‘rsatkichlar. Lekin ular hamma jihatlarni qamrab olmaydi. Misol uchun, agar olis hududda yashagani uchun bola maktabga qatnamayotgan bo‘lsa yoki ularda nimadir yetishmayotgan bo‘lsa-yu, haqiqatan ham davlat xizmatiga muhtoj bo‘lsa, bunday holatlarda muammo pul bilan hal bo‘lmasligi mumkin. Shunday qilib, ko‘p o‘lchovli kambag‘allik deganda mamlakat uchun ustuvor bo‘lgan turli jihatlar hisobga olinadi. Masalan, oziq-ovqat xavfsizligi inson kapitalini shakllantiradigan bir jihat hisoblanadi. Ya’ni oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi orqali odamlar samarali ishchilar bo‘lishi mumkin. Demak, ularning imkoniyatlari muhim. Odamlar yaxshi turar-joy va sharoitlarga, yaxshi haq to‘lanadigan, adolatli ish o‘rniga ega bo‘lishi hukumat uchun ustuvor yo‘nalishlardandir.

    Ko‘p o‘lchovli baholash ishsizlik va daromadning sifatli ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Bunda har bir kishi yoki har bir uy xo‘jaligi e’tiborga olinadi va ular ayni vaqtda mazkur o‘lchovlarning qaysi biridan mahrum ekani ko‘rsatib beriladi. Buning ahamiyati shundaki, agar siz mazkur o‘lchovlarning biridan mahrum bo‘lsangiz, kambag‘al bo‘lib qolmasligingiz mumkin. Misol uchun, siz o‘qimagan bo‘lsangiz-da o‘z harakatingiz bilan millionerga aylanishingiz mumkin. Agar juda ko‘p jihatlardan mahrum bo‘lsangiz, unda kambag‘al hisoblanasiz. Shu tariqa O‘zbekistonda yoki turli hududlar, hatto tuman darajasida qancha kambag‘al mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim eta olishimiz mumkin. Shuningdek, bolalar o‘rtasidagi kambag‘allik bilan turli xil ijtimoiy guruhga mansublik, nogironlik yoki boshqa jihatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash imkoni bor. Keyin o‘rtaga savol qo‘yamiz: xo‘sh, ular qaysi jihatlar bo‘yicha kambag‘al? Ular nimalardan mahrum? Sizda bu savollarga javoblar bo‘lsa, qashshoqlikka qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan mablag‘larni isrof qilmasdan juda samarali tarzda yo‘naltirish imkoniyati bo‘ladi. Siz hal etishingiz kerak bo‘lgan mahrumliklarni aniq bilasiz. Xuddi shunday yo‘l tutish orqali siz ikki yoki uchta muammoni hal qilishingiz va ko‘proq pul tejash mumkinligini aniqlashingiz mumkin. Hozirgi kunda mavjud cheklangan resurslar, Ukrainadagi urush, koviddan keyingi davrni hisobga olgan holda, biz qashshoqlikka qarshi juda samarali tarzda kurashishimiz lozim. Ko‘p o‘lchovli baholash orqali iqtisodiy jihatdan samaraliroq va kattaroq ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p ma’lumotlar olinadi.

    Nega har bir mamlakat kambag‘allikni yengish uchun o‘ziga xos o‘lchov vositalari ishlab chiqilishi zarur?

    Biz BMT taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda 109 mamlakatda yashovchi 5 milliard 900 million odamni taqqoslashni nazarda tutadigan baholashni amalga oshiramiz va buni global ko‘p o‘lchovli baholash deb ataymiz. Mazkur umumiy mezon orqali o‘ta qashshoqlik holati o‘lchanadi. Ba’zi mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich nolga teng bo‘lsa, boshqalarida aholining 92 foizi qashshoqlikda yashaydi. 2006-yil uchun aralash ma’lumotlar asosida biz O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich juda past bo‘lganligini ko‘rganmiz. Ammo bu qashshoqlikni baholashning noto‘g‘ri o‘lchovi edi. Har bir mamlakatda turli xil ta’lim standartlari mavjud va shuningdek, ularda turli xil ustuvor yo‘nalishlar bo‘ladi. Masalan, turar-joy qurish uchun yaxshi materiallar deganda turli xil materiallar tushunilishi yoki sanitariya, suv va elektr energiyasi ta’minoti nuqtayi nazaridan talablarning turlicha bo‘lishi mumkin. Shu tariqa, har bir mamlakatda o‘lchov ko‘rsatkichlari mamlakat uchun xos ta’rifga moslashtirilishi kerak, bunda ta’rif siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va pastdan yuqoriga qarab kambag‘allarning talab va ehtiyojlariga mos kelishi lozim. Shuningdek, ma’lumotlar yangilanib turish kerak. Chunki ideal holda O‘zbekiston uchun ko‘rsatkichlar har bir yil yoki har ikki yilda yangilanadi. Hech kim mukammal bo‘la olmaydi. Baholashda O‘zbekiston hukumati tomonidan berilgan ma’lumotlardan foydalaniladi va bu ma’lumotlar yangilab turilishi va kichik o‘zgarishlar ham maksimal darajada kiritilishi lozim. Biz ko‘plab hukumatlar bilan ishlaymiz. Hozirda o‘nlab hukumatlarda BRM maqsadlari ko‘rsatkichlari sifatida ro‘yxatga olingan rasmiy ko‘rsatkichlar mavjud. Biroq bu ko‘rsatkichlardagi ma’lumotlar bir-biridan farq qiladi va ularda umumiy jihatlar juda ko‘p. Masalan, ularning barchasida maktab qamrovi ko‘rsatkichlari mavjud. Ammo ular har bir davlat uchun turlicha. Filippin va Vyetnam ko‘rsatkichlari Janubiy Afrika, Pokiston yoki Kolumbiya ko‘rsatkichlaridan farq qiladi.

    O‘zbekistonda 2026-yilgacha kambag‘allikni keskin qisqartirish uchun qanday g‘oya yoki maslahatlar bergan bo‘lar edingiz?

    Birinchisi, qashshoqlikni ko‘p o‘lchovli baholash. O‘zbekistonda eshitishga va ko‘rishga ulgurgan jihatlarim shuki, o‘sish, ijtimoiy himoya, inson kapitali, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash kabi ko‘plab ustuvor yo‘nalishlar mavjud. Agar siz bularning barchasini alohida amalga oshirishga harakat qilsangiz, unda bu juda qiyin vazifa. Ammo agar siz ularning ko‘pini yoki aksariyatini ko‘p o‘lchovli baholash doirasida jamlasangiz, olg‘a siljish yoki pasayish kuzatiladi. Bunda har bir shaxs o‘z oldiga ‘men o‘z ko‘rsatkichlarimni qay tarzda o‘zgartirishim mumkin’, degan vazifa qo‘ymaydi. Balki ‘men o‘zim o‘zgartira oladigan ko‘rsatkichlar orqali qashshoqlikni qisqartirishga qanday hissa qo‘shishim mumkin’, degan vazifa qo‘yadi. Shu tariqa, u muvofiqlashtiruvchi vosita sifatida ishlaydi. Bu siyosiy jihatdan ham ko‘rimlilikni ta’minlaydi.

    Bilasizmi, jurnalist qashshoqlik darajasi oshdi yoki pasaydi desa, hayolingizga darhol daromadlar tushdi degan fikr keladi. Ammo ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, ish o‘rinlari-chi? Ular to‘g‘risida o‘ylamaysiz ham. Agar daromadlar oshdi, qashshoqlik darajasi pasaydi va ko‘p o‘lchovli qashshoqlik qisqardi yoki ikkalasi ham teng yarmiga qisqardi, desangiz bu odamlarning qiziqishini oshiradi. Ya’ni, menimcha, biz realistik bo‘lishimiz kerak. Ko‘p o‘lchovli ko‘rsatkich adolatli siyosat vositasi sifatida foydalidir. Shu bilan birga u erishilgan muvaffaqiyatlar to‘g‘risida xabar berish uchun ham qulaydir.

    Ikkinchisi – turli sektorlar, hukumatning turli darajalari va rivojlanish sohasidagi sheriklarni shu maqsad atrofida muvofiqlashtirishga harakat qilish. Sababi, takror aytaman, har birining o‘z ustuvor vazifalari mavjud. Shu bois, o‘zaro muvofiqlashtirish bo‘yicha uchrashuvga vazir o‘z o‘rinbosarlarini jo‘natmasdan, shaxsan ishtirok etib, qashshoqlikni qisqartirish uchun qanday ishlar amalga oshirilgani to‘g‘risida hisobot so‘rashi lozim.

    Men universitet professoriman. Shu bois aytishimiz joizki, bizga universitetlar kerak, ta’limni universitetlar atrofida qurishimiz lozim. Sog‘liqni saqlash sohasida raqamli tibbiyotga e’tibor qaratish zarur. Ammo har bir sohaning qashshoqlikni qisqartirish bo‘yicha o‘z dasturlari bo‘lishi kerak. Fikrimcha, submilliy darajada ham o‘zaro muloqot qilish muhimdir.

    2009-yilda Meksikada qashshoqlik ko‘p o‘lchovli baholashni amalga oshirgan statistika guruhi rahbari o‘z yondashuvini tushuntirish uchun Meksikaning barcha shtatlariga shaxsan tashrif buyurdi. 2021-yil noyabr oyida Hindiston birinchi bo‘lib o‘zining ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksini joriy etdi. Ular Hindistonning har bir shtatiga va ittifoq hududiga borib, odamlarga ko‘rsatkichlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Nima uchun ushbu ko‘rsatkichlarni qabul qilinishi kerakligini, nega odamlar kambag‘allikni qisqartirishga hissa qo‘shadigan ishchi kuchining bir qismi bo‘lishi zarurligini xohlashini tushuntirdi. Shunday qilib, ko‘p o‘lchovli baholash orqali har bir hududdagi kambag‘allik darajasi to‘g‘risida aniq tasavvur shakllantiriladi. Bu ko‘rsatkichlarning Toshkent uchun xos ko‘rsatkichlar bilan farqi nimada? Samarqand uchun xos ko‘rsatkichlar bilan farqi-chi? Shuningdek, rivojlanish sohasidagi sheriklar bilan muloqot qilish juda foydali vosita. Chunki ular boshqa mamlakatlarda ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indekslari bilan ishlash tajribasiga ega. Lekin ularning o‘z ustuvor yo‘nalishlari ham mavjud.

    Bolalar odatda aholining eng kambag‘al qatlamiga kiradi. Shu bois, bolalar muammolariga alohida e’tibor qaratish, buning ustida ishlash uchun boshqa muassasalarni jalb qilish ham juda muhim.

    Fikrimcha, tegishli tashkilotlar muntazam ravishda, bir martalik axborot yig‘ilishida emas, balki yiliga ikki marta yoki tez-tez yig‘ilib, ko‘p o‘lchovli qashshoqlikni baholash borasida nima ishlar amalga oshirilgani to‘g‘risida hisobotlar berishi kerak. Ularga mas’uliyat yuklanishi va loyihaning amalga oshirilishi jarayoni yillar davomida kuzatib borilishi lozim. Yakuniy natija turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ba’zi mamlakatlar, shu jumladan, Xitoy 2012-yildan 2020-yilgacha ko‘p o‘lchovli qashshoqlikni sezilarli darajada qisqartirdi. Qishloq joylardagi qashshoqlikning barcha ko‘rinishlariga barham berdi. Hukumat kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tuman darajasida, hudud darajasida eng katta yutuqqa erishganlarga mukofotlar, ijobiy rag‘batlar taqdim etdi.

    Kambag‘allik holatida biz odatda sarosimaga tushib qolamiz. ‘Bu ishlar mening qo‘limdan kelmaydi‘, deymiz. Ammo kimdir buni amalga oshirsa, u bizga turtki beradi va biz qanday qilib o‘z vazifamizni yaxshiroq bajarishimiz mumkinligi borasida musobaqa boshlanadi?

    Shuningdek, bu tadbirlarda qatnashadigan korxonalarga ham mukofotlar berish kerak. Ba’zi korxonalar qashshoqlik o‘lchovini o‘zlarining qiymat zanjiri bo‘yicha o‘z xodimlari doirasida qo‘llaydi. Deylik, mening xodimlarimdan qaysi biri kambag‘al degan savol qo‘yadi. Shaxsiy hayotga aralashmaslik bilan bog‘liq axloqiy protokollarga qanday rioya qilishim mumkin? Qanday qilib yordam bersam bo‘ladi? Shunday qilib, men o‘z xodimlarimning birdamligi, samaradorligi va bir vaqtning o‘zida mamlakatimdagi qashshoqlikni qisqartirish uchun o‘z hissamni qo‘shaman. Fikrimcha, bu kichik qadamlar, lekin ular juda amaliy. Bular boshqa mamlakatlarda natija bergan.

    18.10.2022, 19:04   Izoh (0)   8802
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 3 kun davomida xalqaro turizm yarmarkasi o‘tkaziladi

    18.10.2022, 18:54

    “O‘zbekneftgaz”: 3 kurs talabalari Uzbekistan GTL zavodiga ishga qabul qilindi

    18.10.2022, 18:20

    Germaniya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashadi

    18.10.2022, 18:16

    Rossiyada baxtsiz hodisaga uchrab, mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

    18.10.2022, 18:08

    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narxlarning asossiz o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘riladi

    18.10.2022, 17:52

    Buxoro va Jakarda o‘rtasida aviaqatnovlar tashkil etilishi mumkin

    18.10.2022, 17:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya olimlari suvsizlanishni aniqlovchi mobil texnologiya ishlab chiqdi

    Layfstayl | 27 may, 23:35

    O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar malakasi oshiriladi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:20

    Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.