AQShning Toshkentdagi elchixonasi noimmigratsion vizalar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilishini e’lon qildi.
Elchixona matbuot xizmatining bildirishicha, har oyning oxirgi payshanbasida O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari uchun noimmigratsion vizalar bo‘yicha suhbatlar uchun qabul o‘rinlari ochiladi.
Norezidentlar suhbat uchun onlayn tarzda yozdirib qo‘yishning birinchi kuni 27-oktabr, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.
“Talab yuqoriligini inobatga olgan holda hamda suhbat uchun o‘rinlarni muvaffaqiyatli band qilish uchun murojaatchilar DS-160 shaklidagi anketani oldindan to‘ldirishi va subat ochilishidan kamida 5 daqiqa avval onlayn bo‘lishlari lozim”, — deyiladi elchixona xabarida.
Izoh (0)