• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sal kam 600 mln so‘m pulimizni berishmayapti”. Toshkentda amaldorlarga xizmat qiluvchi bino ta’mirini amalga oshirgan quruvchilar haqini ololmay sarson bo‘lmoqda (video)

    Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ma’muriy binosini ta’mirlagan quruvchilar ish haqini ololmay sarson bo‘lmoqda. Bu haqda “Daryo”ga murojaat qilgan quruvchilar mas’ullar ularni olti oydan beri ovora qilib, ish haqini bermayotganini aytmoqda.

    Mazkur bino ta’mirida 7 nafar ishchisi bilan ishtirok etgan quruvchi Jamol Kenjayev ta’mirlash ishlarida 2021-yilning sentabr oyidan 2022-yilning aprel oyiga qadar ishtirok etishganini, shu paytga qadar mehnati uchun jami hisobda 50 million so‘m olishganini, yana 80 million so‘m ish haqi qolib ketganini aytmoqda.
    Bino ta’miriga quruvchi sifatida jalb qilinib, 7 nafar ishchimiz bilan birga ishladik. Ta’mirlash ishlarida 2021-yilning sentabr oyidan 2022-yilning aprel oyigacha ishtirok etib, yetti kishi 50 million so‘m pul olganmiz. Yana 80 million ish haqimiz qolib ketgan. Ammo ololmayapmiz. Bizni ishga jalb qilgan quruvchiga murojaat qilsak, bizning buyurtmachimiz qamalib ketdi deydi. Departamentga murojaat qilsak, ishga jalb qilgan quruvchingga bor deydi. Xullas, o‘rtada biz sarson bo‘lyapmiz, — deydi qurilish ishlarida qatnashgan murojaatchi Jamol Kenjayev.

    Jamol Kenjayev.

    Jamol Kenjayev.
    Foto: “Daryo”

    Jamol Kenjayev qurilishda qatnashgan sheriklari mehnat haqini undan talab qilayotganini, u esa ikki o‘t orasida qolganini bildirmoqda.

    Eng yomoni men bilan birga bu yerga ishlashga kelgan 7 nafar sherigim meni biladi va pulni mendan so‘rayapti. Men esa Jasur akadan talab qilyapman. Jasur aka departament boshlig‘i pul beraman deganini, ammo haligacha bermaganini aytib, bahona qilyapti, — deydi murojaatchi.
    Mehnat qilib pulini ololmayotganlardan yana biri Mirzohid Yo‘ldoshev ham 80-100 million so‘m ish haqiga kuyib qolayotganini aytmoqda.

    Mirzohid Yo‘ldoshev.

    Mirzohid Yo‘ldoshev.
    Foto: “Daryo”
    Oddiy quruvchi sifatida mehnat qilib, 50 million so‘m ish haqimizni olganmiz, ammo 80-100 million so‘mga yaqin pulimiz qolib ketgan. Sarson qilishmoqda. Shu binoda o‘tirganlar bizga quloq solmay mehnat haqimizni yeb ketishmoqda, — deydi u.
    Qora mehnat qilib ish haqini ololmayotganlarning yana biri Zuhriddin Mengliyev 7 oylik mehnati davomida 30 million so‘m pul olganini, ayni kunda esa kamida 100 million so‘m mablag‘i berilmayotganini aytmoqda.
    U yoqqa bor, bu yoqqa bor deb, bir yildan beri sarson qilishyapti. Ayni kunda bu bino ta’miridagi mehnatimiz evaziga 100 million so‘m pul olishimiz kerak. Ammo berishmayapti, — deydi Zuhridding Mengliyev.

    Zuhridding Mengliyev.

    Zuhridding Mengliyev.
    Foto: “Daryo”

    Pulini ololmayotgan ishchilarni ishga jalb qilgan quruvchi Jasur Namozovning “Daryo”ga bildirishicha, u departament binosi ta’mirini boshlashdan avval Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Dilshod Rahimov bilan shaxsan ko‘rishgan.

    Ishni boshlashdan avval Rustam aka bilan gaplashib, departament boshlig‘i Dilshod akaning oldiga kirganmiz. Dilshod akaning o‘zi bu departament binosi ekanini, shu sabab boshqalarga nisbatan arzonroq qilib, ta’mirlab berishimizni so‘radi. Boshqa ustalar kv/metrini 18 dollardan qilayotgan bo‘lsa, men Dilshod akaning iltimosiga ko‘ra 16,5 dollarga tushirdim. Qolaversa, Dilshod aka agar firma orqali pul to‘lansa soliqlari bilan ko‘payib ketishini aytib, naqd pul berishini bildirdi. Shu kelishuvga ko‘ra, men bu binoda 800 million so‘mlik ishni bajardim. Salkam 40 kishini olib kelib ishlatdim. Endi esa 600 million so‘mga yaqin pulimizni ololmay sarsonmiz. Meni nafaqat ishchilardan, qurilish materiallari sotuvchi tanishlarimdan ham qarzim bor. Ammo endilikda Dilshod akaning oldiga olib kirishmayapti. Ataylab uchrashtirishmayapti, — deydi Jasur Namozov.
    Jasur Namozovning ma’lumot berishicha, u boshchiligidagi quruvchilar binoning tashqi fasad qismini ta’mirlagan.

    Jasur Namozov.

    Jasur Namozov.
    Foto: “Daryo”
    Bizni departament xodimi Rustam Safarov bu yerga olib kelgan. Rustam aka orqali Dilshod Rahimov bilan ko‘rishdik va aynan departament boshlig‘ining pulingni tiyin-tiyinigacha beraman degan va’dasini olganmiz. Biz binoning tashqi fasad qismini va devorlarini ta’mirlab, 800 million so‘mlik ishni amalga oshirganmiz. Shundan 200 milliondan ortig‘i berilgan bo‘lsa, 600 million so‘mga yaqin pulimizni ololmayapmiz, — deydi u.
    Jasur akaning aytishicha, ayni kunda Rustam Safarov uni departament boshlig‘i bilan uchrashtirmaslikka urinmoqda.

    “Daryo” jurnalisti ish haqini ololmayotgan ishchilar murojaatiga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentda bo‘lib, mas’ullar bilan suhbatlashishga urindi.

    Dastlab, jurnalist bilan kameralarsiz gaplashishni lozim topgan departament mas’ullari va axborot xizmati xodimi Dilrabo Kuryazova aniq savollarga javob berishdan tiyilib, oldi-qochdi gaplar bilan chalg‘itishga urindi. Shu ma’lumotlarini mikrafon va kamera qarshisida gapirishlarini iltimos qilganimizda esa “bizda mumkinmas”, deyishdan nariga o‘tmadi. Shundan so‘ng “Daryo” jamoasi Bosh prokuratura axborot xizmati rahbariga murojaat qilib, departament mas’ullaridan axborot olib bo‘lmayotganini, bu borada ko‘mak berishlarini iltimos qildi.

    Shundan so‘ng “tilga kirgan” departament axborot xizmati “Daryo” nashrining pulini ololmayotganini aytayotgan quruvchilar haqiqatdan ham shu bino ta’mirida ishtirok etganmi? Agar ular shu bino ta’mirida ishtirok etgan bo‘lsa, ularning 600 million so‘mlik ish haqini ololmayotgani haqidagi, shuningdek quruvchilar mas’uli Jasur Namozovning departament boshlig‘i Dilshod Rahimov bilan ko‘rishganiyu, mas’ul soliqlardan qochish uchun quruvchiga naqd shaklda pul to‘lab bermoqchi bo‘lgani haqidagi iddaolari qanchalik haqiqat ekani borasidagi savollarini ochiq qoldirdi.

    Dilrabo Kuryazova.

    Dilrabo Kuryazova.
    Foto: Departamentning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi
    Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ma’muriy binosini rekonstruksiya qilish uchun Toshkent shahar hokimi qarori chiqqan. Qarorga asosan hokimlik qoshidagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi bilan shartnoma tuzilgan. Shartnomaga ko‘ra, DUK tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tender o‘tkazilib, “Saddiniso Habibullo” xususiy korxonasi g‘olib deb topilgan. Ayni kunda qurilish ishlari bitmagan. Biroq “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi so‘roviga ko‘ra, barcha to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan va qarzdorlik mavjud emas, — deydi departamentning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi bosh inspektori Dilrabo Kuryazova.
    “Daryo” nashri “Saddiniso Habibullo” xususiy korxonasi mas’ullari bilan ham gaplashishga urindi. O‘zini Alisher deb tanishtirgan xususiy korxona ishchisi ayni paytda boshlig‘i qamoqda ekanini, shu sabab bu masalada boshqa ma’lumot berolmasligini, biroq departament binosini ta’mirlash ishlari uchun to‘lab berilishi lozim bo‘lgan pullar to‘lanmaganini, shu sabab ular quruvchilarga pul berolmayotganini bildirdi.
    Biz peshona terimiz haqini so‘rayapmiz. Bu binoda ishlayman deb kelganlar oilasi uchun, bola-chaqasini boqish uchun Toshkentga kelib ishlagan. Ular ana shu haqini so‘rayapdi, — deydi Jasur Namozov.
    Qiziq, bino ta’miri tugagan, departament mas’ullari va amaldorlar binoda faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, qurilish ishlari tugallanmasa-da, bino ta’miri uchun so‘ralgan barcha mablag‘lar Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi”ga o‘tkazib berilgani aytilmoqda. Quruvchilar esa bu pulni ko‘rmaganmiz va haligacha ololmayapmiz demoqda. Xo‘sh, quruvchilarning puli qayerda ekaniga aniqlik kirituvchi mas’ul bormi?

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    16.10.2022, 16:15   Izoh (0)   45904
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 100 kilodan ortiq yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

    16.10.2022, 15:16

    Qashqadaryoda Gentra yo‘l chetiga chiqib ketib ag‘darilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi

    16.10.2022, 14:47

    TIV xorijdagi o‘zbekistonliklarning qonuniy huquq va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytiradi

    16.10.2022, 12:54

    O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

    16.10.2022, 12:20

    Andijonda Lacetti yo‘lda qayrilib olayotgan traktorga borib urildi

    16.10.2022, 09:07

    O‘zbekiston aholisi har kuni o‘rtacha qanchaga ko‘payayotgani aytildi

    15.10.2022, 22:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokistonda 28 yil oldin yo‘qolgan erkak jasadi muzlik ichidan topildi

    Dunyo | 6 avgust, 17:09

    Germaniya klubi Isroilning harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan futbolchi bilan shartnoma imzolamaydigan bo‘ldi

    Sport | 6 avgust, 17:02

    Tesla aksiyadorlari Ilon Mask ustidan sudga murojaat qildi

    Dunyo | 6 avgust, 16:45

    Yaponiya Ikkinchi jahon urushidan keyin ilk bor harbiy kema eksport qilmoqda — xaridor Avstraliya

    Dunyo | 6 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 16:24

    Hindistonda shifokorlar tug‘ilayotgan chaqaloq qo‘lini uzib yubordi

    Dunyo | 6 avgust, 16:05

    “Formula-1” Bred Pittning karyerasidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmga aylandi

    Kino | 6 avgust, 15:55

    Toshkent viloyatida ikki nafar qiz suv omboriga cho‘kib ketdi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.