Fransiya terma jamoasi va “Chelsi” yarim himoyachisi Ngolo Kante Jahon Chempionatini o‘tkazib yuboradi.
Fransuzning jarohati qaytalangan. L’Equipe nashrining xabariga ko‘ra, Kante 3 oyga safdan chiqqan. Jahon Chempionati 20-noyabrdan 18-dekabrga qadar davom etadi.
Kante joriy mavsum Premyer Ligada 2 ta o‘yinda maydonga tushdi. Fransuz so‘nggi bor 14-avgustda o‘ynagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)