La Liga prezidenti Xavyer Tebas “PSJ” xo‘jayini Nosir al-Helayfini televideniye to‘lovlari bilan bog‘liq vaziyat tufayli sudga berdi, deya xabar beradi The Athletic.
Qayd etilishicha, Helayfiy boshchilik qiladigan beIN Sports kompaniyasi La Ligadan translyatsiya huquqiga oid muddati to‘lovlar uchun 51 million yevro qarzdor. Tebas Madrid sudiga ariza berdi va dushanba kuni ushbu so‘rov qanoatlantirilgan.
“Biz La Liga yoki biror bir huquq egasi bilan shartnomalar borasida yuzaga kelgan ishlarni ochiq muhokama qilmaymiz. Biznesda bunday qilinmaydi, bu professional yechim emas. Agar biz boshqa rahbarlarning izohlariga javob berish orqali ishimizni boshqarganimizda, biznes bilan shug‘ullanmagan bo‘lardik”, — deydi beIN Sports vakili.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)