• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ilon Mask Ukrainaga Starlink yetkazib berishni ortiq moliyalashtira olmaydi. SpaceX Pentagondan buni zimmasiga olishni so‘ragan

    SpaceX sentabr oyida Pentagonga maktub yo‘llab, uni Ukrainadagi Starlink sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Bu haqda CNN xabar bermoqda. Kompaniya Pentagondan xarajatlarni qoplashni so‘ragan. SpaceX’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, yil oxirigacha sun’iy yo‘ldoshlar uchun jihozlar to‘plamini yetkazib berishga 124 million dollar, 2023-yilda esa taxminan 400 million dollar kerak bo‘ladi. CNN qayd etishicha, Starlink jang maydonida Ukraina harbiylari o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    SpaceX kompaniyasining sotuvlar bo‘yicha direktori tegishli xatni Pentagonga 8-sentabr kuni yuborgan. Shu kungacha Ukraina 20 mingga yaqin Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini qabul qilib oldi, SpaceX rahbari Ilon Maskning aytishicha, bu kompaniyaga 80 million dollarga tushgan, yil oxiriga kelib esa xarajatlar 100 million dollardan oshishi kutilmoqda.

    Maktubdan ma’lum bo‘lishicha, Ukrainadagi sun’iy yo‘ldosh stansiyalarining qariyb 85 foizi Buyuk Britaniya, AQSH va Polsha kabi davlatlar tomonidan moliyalashtirilgan. Xususan, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Ukrainadagi Starlink uskunalari va xizmatlariga qariyb 3 million dollar sarflagan. Deyarli 9 mingta stansiya Polsha tomonidan, 1,7 mingtasi AQSH hukumati tomonidan moliyalashtirilgan. Bitta stansiya 1,5 ming dollar, ikkita stansiyadan iborat to‘plam esa 2,5 ming dollar turadi. Xorijiy davlatlar Starlink sun’iy yo‘ldosh internetiga ulanish narxining taxminan 30 foizini ham to‘laydi, bu oyiga 4,5 ming dollarga tushadi. Qolgan 70 foiz miqdori SpaceX tomonidan qoplanadi.

    Kompaniya tomonidan Pentagonga yuborilgan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, iyul oyida Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Ilon Maskka xat yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jangovar harakatlar paytida har oy 500 ga yaqin sun’iy yo‘ldosh stansiyalari yo‘q qilinmoqda. General Ukrainaga yana 6200 ta stansiya yetkazib berishni, shuningdek, kelajakda oyiga 500 ta stansiya yetkazib berishni ta’minlashni so‘ragan. SpaceX  Zalujniyga bu iltimosini Mudofaa vazirligiga yo‘naltirishni so‘rab javob qaytargan. SpaceX kompaniyasida ishlaydigan maslahatchi Pentagonga yo‘llagan boshqa maktubda kompaniya “dahshatli qiyin qarorlar” qabul qilishga majbur bo‘layotganini yozgan.

    “Ular Zalujniyning iltimosiga binoan qo‘shimcha stansiyalar yoki xizmatlarni taqdim etish uchun moliyaviy imkoniyatlarga ega emas, deb o‘ylayman”, — dedi ekspert.

    Xuddi shunday xulosa SpaceX’ning sotuvlar bo‘yicha direktori tomonidan sentabr oyida Pentagonga yo‘llangan maktubda ham keltirilgan. “Biz Ukrainaga sovg‘a sifatida sun’iy yo‘ldosh stansiyalarni davomiy yuborish imkoniyatiga ega emasmiz va shu vaqtgacha yetkazib berilgan stansiyalarni qachongacha moliyalashtira olishimiz noma’lum”, — deb yozadi kompaniya vakili.

    Oktabr oyi boshida Ukraina Qurolli kuchlari Starlink ishidagi uzilishlar haqida xabar qilgan, deb yozadi Financial Times. CNN manbalariga ko‘ra, uzilishlar “to‘satdan butun front chizig‘ini qamrab olgan”. “Bu ukrainaliklarning frontni yorib o‘tishga bo‘lgan barcha urinishlariga ta’sir qildi. Starlink — bu jang maydonidagi bo‘linmalar o‘rtasidagi aloqaning asosiy usuli”, — deb tushuntirdi kanal suhbatdoshlaridan biri. CNN ta’kidlashicha, Starlink tarmog‘i nafaqat ovozli va elektron aloqa uchun, balki dronlarni boshqarish va artilleriyadan o‘ch oshish korrekturasi uchun zarur videolarni jo‘natishda ham qo‘llaniladi.

    3-oktabr kuni Ilon Mask Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlikka erishish uchun o‘zining to‘rt bandli ssenariysini taklif qilgandi, ulardan biriga ko‘ra Qrim Rossiyaniki deb tan olinishi kerak. Kreml uning g‘oyalarini ijobiy deb baholadi, Kiyev esa tadbirkorni tanqid qildi. Mask Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini, lekin jahon urushini istamasligini aytdi. Siyosatshunos Yan Bremmerning ta’kidlashicha, Ilon Mask mojaroni hal qilish rejasini e’lon qilishdan oldin Vladimir Putin bilan gaplashgan. Kreml ham, tadbirkorning o‘zi ham buni rad etdi.

    14.10.2022, 11:00   Izoh (0)   14632
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘iziston Turkiyadan yangi Bayraktar jangovar dronlarini qabul qilib oldi (foto)

    14.10.2022, 09:59

    Janubiy Koreya raketa parvozlariga javoban, Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

    14.10.2022, 09:32

    Karib inqirozining boshlanishi, Sherlok Holms qahramonining paydo bo‘lish tarixi va Martin Lyuter Kingning Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilishi. Kun xronologiyasida 1...

    14.10.2022, 09:30

    Belarusda aksilterrorchilik operatsiyasi rejimi joriy etildi

    14.10.2022, 09:14

    G‘arb Ukrainaning kelasi hafta Xersonni qaytarib olishiga ishonmoqda

    13.10.2022, 23:30

    Putinning atrofi 50 grammdan ichib olib, “Endi yadro qurolidan foydalanamiz!” deb baqirayotgan “kuchuk”lardan iborat — Zelenskiy

    13.10.2022, 22:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.