Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi prezidentlikka nomzodlar Xayrulla Gabjalilov, Talgat Yergaliyev va Fatima Bizakova qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq kelmasligini ma’lum qildi, deb yozadi Tengrinews.

Xayrulla Gabjalilov, Fatima Bizakova, Talgat Yergaliyev

Xayrulla Gabjalilov, Fatima Bizakova, Talgat Yergaliyev
Foto: Tengrinews

MSK raisi Nurlan Abdirov ma’lum qilishicha, ushbu nomzodlar Konstitutsiya va “Qozog‘iston Respublikasidagi saylovlar to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunda ko‘zda tutilgan talablarga javob bermaydi.

Talgat Yergaliyev “Qozog‘iston quruvchilaru ittifoqi” respublika yuridik shaxslar birlashmasi tomonidan prezidentlikka ilgari surilgandi. U davlat lavozimida 3 yil-u 4 oy ishlagan, qonun bo‘yicha esa staj 5 yildan kam bo‘lmasligi kerak. Buning ustiga, “Quruvchilar ittifoqi” yuridik shaxslar birlashmasi bo‘lib, faqat respublika jamoatchilik birlashmasigina o‘z nomzodini ilgari surish huquqiga ega.

Xayrulla Gabjalilov “Asar” oralmanlar birlashmasi” vakili bo‘lib, u Qoraqalpog‘istonda tug‘ilgani uchun nomzodlikka to‘g‘ri kelmaydi: prezidentlikka nomzod Qozog‘iston fuqarosi bo‘lib tug‘ilgan bo‘lishi kerak.

“Amaliy psixologiya” respublika jamoatchilik birlashmasidan nomzod qilib ko‘rsatilgan Fatima Bizakova esa davlat xizmatida yoki saylab qo‘yiladigan lavozimda ish tajribasiga ega emas, bu prezidentlikka nomzodlarga qo‘yilgan talabga ziddir.

Eslatib o‘tamiz, 11-oktabr kuni Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi respublika prezidenti lavozimi uchun kurashish niyatida bo‘lganlardan arizalar qabul qilishni yakunladi. “Markaziy saylov komissiyasiga respublika jamoatchilik birlashmalari tomonidan ilgari surilgan 12 nafar nomzoddan hujjatlar taqdim etildi”, — dedi MSK kotibi Muxtar Yerman 12-oktabr kungi majlisda.

Shundan keyin ko‘p o‘tmay, Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston prezidenti lavozimiga navbatdan tashqari saylovlarda qatnashish uchun nomzod sifatida ro‘yxatga olingani xabar berildi.

Saylov qachon bo‘ladi?

Qozog‘istonda 20-noyabr kuni navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkaziladi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev shu yil kuzda navbatdan tashqari prezident saylovlarini o‘tkazish taklifini 1-sentabr kuni xalqqa yo‘llagan murojaatida bildirgandi. Prezidentlik mandatini yetti yillik bitta muddat bilan cheklashni va qayta saylanishni taqiqlashni ham o‘sha murojaatida taklif qilgandi.

20-noyabr kuni ovoz berish mahalliy vaqt bilan 07:00 dan 20:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha ovozlarni hisoblash natijalari hududiy saylov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi va ikki kun muddatda, ya’ni 22-noyabrga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yetkaziladi.

21-oktabr kuni 18:00 da saylovoldi tashviqoti boshlanib, 19-noyabr 00:00 ga qadar davom etadi. 19-noyabr — jimjitlik kuni.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalar uchun chiptalarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi
Dunyo
Bayden va Makronning kechki ovqati Oq uyga yarim million dollarga tushdi (video)
Kino
“Malikaning kundaligi”, “Forsaj”, “Joker” — davomi ekranlarga chiqishi kutilayotgan sevimli filmlar