Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev joriy yilning 20-noyabrida navbatdan tashqari prezidentlik saylovini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

“Qozog‘iston Respublikasi prezidenti saylovi 2022-yil 20-noyabrga tayinlansin”, — deyiladi farmon matnida.

“Men uchun davlat manfaatlari hamma narsadan ustun. Shuning uchun, men o‘z vakolat muddatim qisqarganiga qaramay, muddatidan oldin prezidentlik saylovlariga borishga tayyorman”, — dedi To‘qayev o‘z murojaatida.

Avvalroq To‘qayev “Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagan edi. O‘zgartirishlarga ko‘ra, mamlakatda yetti yillik prezidentlik muddati belgilangan. Shu bilan birga, endilikda davlat rahbari faqat bir marta saylanishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi