Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston prezidenti lavozimiga navbatdan tashqari saylovlarda qatnashish uchun nomzod sifatida ro‘yxatga olindi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirov ma’lum qildi, deb yozadi Tengrinews.

Foto: “Akorda.kz”

Foto: “Akorda.kz”

Prezidentlikka nomzod guvohnomasi To‘qayevning ishonchli vakili Yerlan Koshanovga topshirildi.

21-oktabr kuni 18:00 da saylovoldi tashviqoti boshlanib, 19-noyabr 00:00 ga qadar davom etadi. 19-noyabr — jimjitlik kuni.

11-oktabr kuni Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi respublika prezidenti lavozimi uchun kurashish niyatida bo‘lganlardan arizalar qabul qilishni yakunladi.

“Markaziy saylov komissiyasiga respublika jamoatchilik birlashmalari tomonidan ilgari surilgan 12 nafar nomzoddan hujjatlar taqdim etildi”, — dedi MSK kotibi Muxtar Yerman 12-oktabr kungi majlisda.

Qozog‘istonda 20-noyabr kuni navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkaziladi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev shu yil kuzda navbatdan tashqari prezident saylovlarini o‘tkazish taklifini 1-sentabr kuni xalqqa yo‘llagan murojaatida bildirgandi. Prezidentlik mandatini yetti yillik bitta muddat bilan cheklashni va qayta saylanishni taqiqlashni ham o‘sha murojaatida taklif qilgandi.

20-noyabr kuni ovoz berish mahalliy vaqt bilan 07:00 dan 20:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha ovozlarni hisoblash natijalari hududiy saylov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi va ikki kun muddatda, ya’ni 22-noyabrga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yetkaziladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi