Ijtimoiy tarmoqlarda Adliya vazirining boshqa lavozimga o‘tishi haqida turli ma’lumotlar tarqalmoqda. Vazirlik matbuot kotibi bunga munosabat bildirdi.
Tarqalgan xabarlarda adliya vaziri Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlanishi, uning o‘rniga Buxoro viloyati prokurori Mahmud Istamov adliya vaziri bo‘lishi aytilgan.
“Ta’kidlash joizki, adliya vaziri o‘zgargani yo‘q. Ruslanbek Davletov o‘z ish joyida o‘z xizmat vazifasini bajarmoqda. Jurnalist va blogerlardan ma’lumotlarni tarqatishda rasmiy manbalarga tayanishlarini so‘raymiz”, — deya munosabat bildirgan Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva.
Izoh (0)