AQSH Adliya vazirligi Credit Suisse investitsion bankini amerikalik mijozlariga Ichki daromad xizmatidan (IRS) daromadlarini yashirishga yordam berganlikda gumon qilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
2014-yilda xuddi shunday ayblovlar bo‘yicha bank AQSH rasmiylari tomonidan 2,6 milliard dollar jarimaga tortilgan edi.
Biroq hozirda rasmiylar Shveysariya banki mijozlarga, xususan, Janubiy Amerikadan noqonuniy xizmatlar ko‘rsatayotgani haqida yangi ma’lumotlarga ega.
Sud hujjatlari bilan tanish manbalarga ko‘ra, Credit Suisse hisobi egalari tomonidan deklaratsiya qilinmagan yuzlab million dollarlar mavjud.
Bankning o‘zi barcha ayblovlarni rad etib, tergov bilan to‘liq hamkorlik qilayotganini ta’kidladi.
Credit Suisse soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga toqat qilmaydi. 2014 yildan boshlab biz soliq organlaridan aktivlarni yashirish bilan bog‘liq barcha narsalarni bartaraf etish bo‘yicha ishimizni sezilarli darajada yaxshiladik. Qonunbuzarlik aniqlanganda deklaratsiya qilinmagan hisoblarni yopish va bank siyosatiga rioya qilmagan har qanday xodimni intizomiy jazoga tortish bizning aniq siyosatimizdir, — deyiladi bank bayonotida.
Avvalroq Credit Suisse investitsion banki tarixdagi eng og‘ir davrni boshdan kechirayotgani, alohida kompaniyaga aylanish uchun investorlarni qidirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)